Prezident tomonidan “Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş va kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmon imzolandi.

2022 yil 1 oktyabrdan boşlab:

  • jismoniy şaxslar mamlakatda işlab çiqarilgan quyoş va şamol elektr stansiyalari va quyoş suv isitgiçlarini 3 yil mobaynida foizsiz bölib-bölib tölagan holda sotib olişi mumkin;
  • şunga öxşaş qurilmalarni örnatgan va ular qiymatini töliq tölagan şaxslar xarajatlari bir qismi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Tarmoqlararo energiya tejaş jamğarmasi hisobidan qoplanadi. Kompensatsiya miqdori qurilma quvvatidan kelib çiqqan holda BHM 5 baravaridan 50 baravarini taşkil etadi.

Uşbu maqsadlar uçun 2022 yil yakuniga qadar davlat budjetidan jamğarmaga 100 mlrd söm yönaltiriş topşirilgan. Mahalliy işlab çiqaruvçilardan, mahalliy çakana savdo obektlarida, elektron tijorat orqali qurilmalarni yetkazib beradigan va örnatadigan korxonalardan qurilmalar sotib olinganida bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi yoki yakuniy çakana narxdan kompensatsiya miqdori çegirib taşlanadi.

Şuningdek:

  • hududlardagi 34 mingdan ortiq obektlarda, şu jumladan 619 Yangi Özbekiston massivlarida va viloyatlardagi 28 mingdan ortiq uy xöjaliklarida muqobil energiya manbalarini joriy yetiş;
  • vazirliklar va idoralar tarkibidagi 6 mingdan ortiq obektlarda muqobil energiya manbalari uluşini 30 foizga yetkaziş (2023 yil yakunlari böyiça);
  • “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni mahalliy budjetlar hisobidan qayta tiklanuvçi energiya qurilmalari bilan ta’minlaş (2022 yilda ehtiyojmand oilalar 20 foizi, 2023 yilda 80 foizi);
  • qurilmalar egalari (jismoniy va yuridik şaxslar) tomonidan quvvati 1 MVtgaça bölgan quyoş, şamol va biogaz elektr stansiyalarida işlab çiqarilgan ortiqça elektr energiyasini sotiş imkoniyati (faqat "Hududiy elektr tarmoqlari" va davlat tomonidan vakolat berilgan organga bunday energiyani sotib olişga ruxsat berilgan, bunda elektr energiyasini xarid qiliş kamida ön yil muddat davomida amalga oşiriladi);
  • asosiy faoliyati quyoş, şamol elektr stansiyalari va kiçik GES işlab çiqariş va örnatiş bölgan yuridik şaxslar, 2025 yilgaça taşkil etilgan yangi yuridik şaxslar tadbirkorlik sub’yektlari sifatida röyxatdan ötgan kundan boşlab 3 yil davomida foyda soliği va mol-mulk soliğini belgilangan stavkalar 50 foizi miqdorida tölaydi.