16 sentabr kuni Samarqand şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi majlisi bölib ötdi.

Sammitda ŞHT faoliyatining muhim sohalaridagi  hamkorlik holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining Samarqand deklaratsiyasi tadbirning boş yakuniy hujjati böldi.

Jami 44 ta hujjat - bitim, konsepsiya, dasturlar va boşqa qarorlar qabul qilindi. Bu taşkilot tarixida rekord körsatkiçdir. Jumladan:

– ŞHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxşi qöşniçiligi, döstligi va hamkorligi töğrisidagi şartnoma qoidalarini 2023-2027 yillarda amalga oşiriş böyiça kompleks harakatlar rejasi töğrisida;

– ŞHTga a’zo davlatlarning özaro boğliqlikni rivojlantiriş va samarali transport yölaklarini yaratiş böyiça konsepsiyasi töğrisida;

– «ŞHTning ezgu niyat elçisi» faxriy unvoni töğrisidagi nizom töğrisida;

– ŞHTga a’zo davlatlarning özaro hisob-kitoblarida milliy valutalar uluşini bosqiçma-bosqiç oşiriş böyiça “yöl xaritasi” töğrisida;

– Eronning ŞHTga a’zo davlat maqomini oliş uçun majburiyatlari töğrisidagi memorandum imzolangani töğrisida;

– Belarus Respublikasini ŞHT a’zoligiga qabul qiliş jarayonini boşlaş töğrisida;

– Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlaşgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Kuvayt Davlatiga ŞHTning muloqot böyiça şerigi maqomini beriş töğrisida;

– Varanasi şahrini (Hindiston) 2022-2023 yillarda ŞHTning turizm va madaniy poytaxti deb e’lon qiliş töğrisida;

– ŞHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça BMT (YuNeSKO) örtasida memorandumni imzolaş töğrisida;

– ŞHT Boş kotibining taşkilotning ötgan yilgi faoliyati hamda ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengaşining 2021 yilgi faoliyati töğrisidagi hisobotlari haqida;

– ŞHT Davlat rahbarlari kengaşi qarorlarining amal qilişini bekor qiliş töğrisida;

– ŞHT faoliyatini takomillaştiriş töğrisida qarorlar qabul qilindi.

Şuningdek, ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining: