Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli harbiy bosqini 204-kunida, 15 sentabr, payşanba kuni Rossiya qöşinlari qöşni davlatning qölga olingan aholi punktlarini nazorat ostida uşlab turişga urinişni, Ukraina Qurolli kuçlari (UKK) va uning hududiy mudofaa bölinmalari esa tajovuzga qarşilik körsatişni davom ettirdi. Ukraina janubi va şarqida Ukraina kuçlarining qarşi hujumi davom etmoqda. Urişayotgan tomonlar vakillari bayonotlarini mustaqil manbalardan tekşirişning iloji yöq. 

Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotlariga köra, Rossiya havo va raketa zarbalari, şuningdek, yalpi öt oçiş reaktiv tizimlaridan öqqa tutilgan Ukrainaning 20 dan ortiq aholi punkti, xususan, Kriviy Rig, Nikopol, Bilogirka, Marinka, Vilxivka, Oskil, Mikolaiv, Oçakiv, Lyubomirivka, Gulyaypole va Mirne infratuzilmasi zarar körgan. «Sutka davomida duşman Ukraina hududidagi harbiy va fuqarolik nişonlariga 5 ta raketa, 5 ta aviatsiya zarbasi berdi va reaktiv artilleriya tizimlaridan 23 marta öq uzdi», — deyiladi Boş ştabning keçki tezkor hisobotida.

Ukraina Boş ştabi, şuningdek, «duşmanning Slobojanske yönalişida sezilarli yöqotişlari» haqida xabar berdi. «Şu tariqa, harbiy harakatlarda qatnaşgan okkupatsion kuçlarning 2-armiya korpusining 202- va 204-öqçi polklari Lugansk oblasti vaqtinça işğol qilingan hududiga şoşilinç ravişda olib çiqilib, tarqatib yuborildi. Şaxsiy tarkibning qolgan qismi safarbarlik rezervi bölinmalari örtasida taqsimlandi. Novoaydar aholi punktida yaradorlar köpligi sababli fuqarolik tibbiyot muassasalari, jumladan, bolalar şifoxonasi zudlik bilan harbiy gospitallarga aylantirilmoqda», deyiladi ma’lumotda. 

Bundan taşqari, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Rossiyaning harbiy xizmatçilar zaxirasini mahkumlar hamda davlat korxonalari va muassasalari xodimlari hisobidan, şuningdek, «köp bolali oilalar uçun harbiy xizmatga çaqiriş böyiça çeklovlarni bekor qiliş va milliy asosda tuzilgan hududiy batalonlarni majburan taşkil etiş orqali» töldiriş töğrisidagi qarorini e’lon qildi. 

Ayni paytda, Rossiya kuçlari Kriviy Rigning muhim infratuzilmasiga ikkinçi kundan beri zarba bermoqda. «Yana ikkita zarba gidrotexnika inşootlari hududiga berildi», deb yozdi şahar harbiy ma’muriyati boşliği Aleksandr Vilkul Telegram’da. U Rossiya hujumini «terrorçilik harakati» deb atadi. «Krivbasning faqat tinç aholi bilan boğliq muhim infratuzilmasiga qanotli raketalar bilan zarbalar berildi. Yöqotişlar yöq», - dedi u. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir kun avval tuğilib ösgan şahrining öqqa tutilişi, natijada Karaçuni suv ombori töğoni buzilgani va şaharning muhim qismi suv ostida qolganini izohlar ekan, Rossiya harbiylarini «tinç aholiga qarşi kuraşayotgan nimjonlar» deb atadi. «Tarixni insonlar yozadi, inson bölmaganlar - heç qaçon. Siz tarixda kim bölib qolasiz? Bu raketalar bilan zarba berganlar bölib. Bizning yerga kelganlar sifatida. Nimjonlar. Siz - tinç aholiga qarşi kuraşayotgan nimjonlarsiz. Jang maydonidan qoçib, uzoqdan zarar yetkazmoqçi bölayotgan qabihlar. Sizlar öz nabiralaringiz uyaladigan terrorçilar bölib qolasizlar», dedi Zelenskiy Rossiya harbiylariga rus tilida murojaat qilib.