Loyiha 2021 yil 26 iyul kuni Isroilda imzolangan “Özbekiston hukumati bilan Isroil hukumati örtasida Isroil mehnat bozoridagi maxsus sektorlarda özbekistonlik işçilarni vaqtinçalik iş bilan ta’minlaş töğrisida”gi bitimni tasdiqlaşni nazarda tutadi.
Ma’lum qilinişiça, Isroil Mehnat vazirligiga köra, bugun Isroilda 60 mingga yaqin xorijiy işçi kuçiga ehtiyoj mavjud. Xorijiy işçilarni Isroil mehnat bozoriga jalb qiliş hukumat tomonidan belgilangan kvotalar asosida işlaydi. Qişloq xöjaligida bunday kvota 29 mingga yaqin kişini, quriliş sohasida 22 mingga yaqin kişini taşkil etadi, keksa yoşdagilar va nogironlarga ğamxörlik qiliş sohasida deyarli heç qanday çeklovlar mavjud emas.
Özbekistonning Isroildagi elçixonasi ma’lumotiga köra, hozirda 10 mingga yaqin Özbekiston fuqarosi bölgan migrantlar Isroilda keksa yoşdagilarni va nogironlarni parvariş qiliş sohasida mehnat faoliyatini amalga oşirmoqda.
Şuningdek, bugungi kunda Isroil hududida işga joylaştiriş maqsadida ayrim şaxslar tomonidan fuqarolardan 12-15 ming dollar miqdorida pul mablağlari noqonuniy olinayotgani yuzasidan köplab murojaatlar kelib tuşayotgani kuzatilmoqda.
Bitim imzolangan taqdirda, Isroilda işlaş istagida bölgan Özbekiston fuqarolari uçun quyidagilar ta’minlanadi:
- odam savdosi, noqonuniy migratsiya, hujjatsiz va qonunga zid ravişda işçi kuçini jalb qiliş amaliyotiga çek qöyiladi;
- işga qabul qiliş jarayoni şaffof amalga oşirilişi uçun hamda Isroilda işlaşda heç qanday noqonuniy tölovlar olinmasligi çoralari köriladi;
- bitim doirasida tanlangan fuqarolarga işçi viza berilişi navbatsiz va tösiqlarsiz kafolatlanadi;
- yiliga 8 000 tagaça böş iş örni kvota sifatida ajratiladi.
Bitimni amalga oşiriş bayonnomasiga muvofiq birinçi bosqiçda Özbekiston fuqarolarini qariyalar va nogironligi mavjud şaxslarni parvarişlaş yönalişi böyiça işga jalb qiliş közda tutilmoqda. Keyingi bosqiçlarda fuqarolarni quriliş va boşqa sohalarga jalb qiliş Isroil tomonidan körib çiqiladi.












