Qirğiziston-Tojikiston çegarasidagi töqnaşuvlar natijasida 24 nafar Qirğiziston fuqarosi halok böldi, yana 103 kişi jarohat oldi, deb xabar qildi mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi 17 sentabr, şanbaga ötar keçasi. «Tezkor ma’lumotlarga köra, Botken viloyati kasalxonalariga 24 kişining jasadi olib kelingan. Botken viloyat boş kasalxonasiga - 12 kişi, Leylek umumiy tibbiy amaliyot markazlariga - 10, Qudundu - 2 kişi olib kelingan», - deya mahalliy OAV vazirlik matbuot relizidan iqtibos keltirgan.
Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) rahbari Qamçibek Taşiyev öz navbatida, tinç aholi vakillari xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingani uçun qurbonlar «kamroq» ekanini ta’kidladi. Taşiyevning qirğiz tilidagi bayonoti 16 sentabr kuni keçqurun Facebook ijtimoiy tarmoğida e’lon qilindi.
Bundan taşqari, qirğiz matbuotining xabarlariga köra, halok bölganlar orasida ön beş yoşli qiz, jabrlanganlar orasida töqqiz oylikdan ön bir yoşgaça bölgan kamida olti nafar bola ham bor.
Tojikiston Qirğiziston bilan çegaradagi mojaroning keskinlaşuvi çoğida halok bölganlar va yaralanganlar soni haqida hozirça rasmiy ma’lumot bermagan.
Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi çegara hududlarning barçasida ham belgilanmagan va şu sababli vaqti-vaqti bilan töqnaşuv zonasiga aylanib bormoqda. U yerda oxirgi marta vaziyat 14 sentabr kuni keskinlaşdi, öşanda çegaraçilar uning uçta uçastkasida otişma keltirib çiqardi.
16 sentabr kuni ertalab Qirğiziston çegara xizmati Tojikiston tomoni Ekitoş, Çirdobo, Qummozor va Ortoböz hududlaridagi çegara otryadlari va qirğiz tomoni pozitsiyalarini öqqa tuta boşlaganini ma’lum qildi. Botken çegara otryadiga qaraşli «Köktoş» çegara postiga qarşi hudud qurollardan, şuningdek, minomyotlardan öqqa tutilgani aytiladi. Ayni vaqtda Qirğiziston tomoni Tojikistonni qöşni davlat hududining bir qismini tortib olişga urinayotganlikda aybladi.
Şu bilan birga, Tojikiston qirğiz kuçlarini Tojikiston çegarasidagi qator aholi punktlarini «oğir qurollardan» öqqa tutişda aybladi.
16 sentabr kuni tuşdan keyin OAV Qirğiziston va Tojikiston öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgani haqida xabar tarqatdi.
Şu kuni, 16 sentabrda Qirğiziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatli vakili Abdikarim Alimbayev Botken viloyatida favqulodda holat rejimini joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Qirğiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ta’kidlaşiça, bu qadam «mintaqada tinçlik örnatiş, mojaro öçoqlarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, fuqarolarni evakuatsiya qiliş va joylaştiriş böyiça işlarni amalga oşiriş, aholi ölimining oldini oliş va tegişli kuçlarni safarbar qiliş maqsadida» amalga oşirilgan.













