Bir neça kun oldin Çempionlar ligasidagi keskin ötgan öyin «Mançester Siti»ni katta kuç sarflaşga majbur qilgandi, ammo jamoa futbolçilari böşaşişmadi va ğalabali yurişni davom ettirdi. Fodendan tovon bilan pas, De Breynedan kross va Griliş 1-daqiqadayoq hisobni oçdi.
Keyin esa Holand navbatdagi golini urdi — bu uning çempionatdagi 10-goli böldi. Bu safar norvegiyalik hujumçi jarima maydonidan taşqarida turib töpni darvoza burçagiga yölladi va yana bir körsatkiç bilan tarixga kirdi. Bu safar APLda ilk mavsumida dastlabki törtta safar öyinida gol urgan futbolçi sifatida. Bundan taşqari, u «Zalsburg»dan ketganidan buyon ötkazilgan 99 rasmiy öyinda urgan gollari sonini 100 taga yetkazib qöydi.
Şundan keyin «şaharliklar» öyin tempini pasaytirişdi. Aniqroği bu 33-daqiqada Kollinz maydon markazida butsasining ostki qismi bilan Grilişga taşlangan va «Vulverhempton»ni kamçilik bölib qoldirganidan keyin röy berdi. Va faqat 70-daqiqa arafasida, öyinda 70 yil mamlakatni boşqargan qiroliça Yelizaveta II hurmatiga töxtaliş bölişidan oldin Foden hisobni yirik körinişga keltirdi - unga APLda 150-bor samarali körsatkiç qayd etgan De Bryuyne (58 gol va 92 pas) uzatma berdi. Belgiyalik futbolçi golli uzatmalar soni böyiça Stiven Jyerrardning natijasini takrorladi.
Xosep Gvardiola jamoasi oçkolari sonini 17 taga yetkazgan holda, kamida «Arsenal»ning (15 oçko) yakşanba kungi öyini yakuniga qadar turnir jadvalini boşqarib turadi.
Mavzuga oid
Tottenhem – Lester 6:2
Gollar
: 0:1 – 6, penalti Tilemans, 1:1 – 8 Keyn, 2:1 – 21 Dayyer, 2:2 – 41 Meddison, 3:2 – 47 Bentankur, 4:2 – 73 Son Hyon Min, 5:2 – 84 Son Hyon Min, 6:2 – 86 Son Hyon Min.
Londonda kunning oxirgi öyini gollarga boy böldi, «Tottenhem» avvaliga Sançesning tuşunarsiz harakati tufayli tezkor gol ötkazib yubordi. Lloris Tilemansning penaltisini qaytargandi, ammo u zarba berilişi arafasida darvoza çiziğidan oldinga çiqib ketgandi, belgiyalik futbolçi esa ikkinçi urinişda adaşmadi. Faqat «Lester» futbolçilari xursandçilik qilişga ulgurmasidan «şporlar» burçak zarbasidan keyin hisobni tenglaştirişdi, Keyn Kuluşevskining uzatmasini golga aylantirdi.
«Tottenhem»ning standart vaziyatlari — har qanday raqib uçun dahşatga aylanmoqda. «Tulkilar»ning ham bu borada omadi kelmadi, Dayyer navbatdagi burçak töpidan keyin boşi bilan darvozani işğol qildi, uning yana bir goli inobatga olinmadi, keyinroq Sançesning kuçli zarbasini Uord tösin ostidan tepaga çiqarib yubordi. Bularning bari mehmonlar taslim bölmasligiga imkon berdi va bölim oxirlarida Meddison qanotdan uzatilgan töpni töxtatmay darvozaga aniq yölladi. Ammo barçasi öyinning borişiga mos ravişda yakunlandi — «Lester» qatorasiga olti öyinda mağlubiyatga uçradi, londonliklar esa turnir jadvalida «Man Siti» bilan tenglaşib oldi.
«Şporlar» muvaffaqiyatini Bentankur ta’minladi. Urugvaylik futbolçi raqibdan töpni olib qöyib, avvaliga jarima maydoni taşqarisidan kuçli va aniq zarba yöllab, jamoani hisobda oldinga olib çiqdi, keyin taşabbus mehmonlarga ötgandek köringan vaziyatda yana bir bor töpni raqibdan olib qöyib, zaxiradan öyinga qöşilgan Son Xin Minning birinçi golini taşkillaştirdi. Öyinning sönggi yarim soatida tuşirilgan koreyalik forvard uzoqdan darvozaning yuqori çap burçagini aniq nişonga olib, turning eng çiroyli gollaridan biri muallifiga aylandi. Sönggi ikki mavsumda 40 ta gol urgan futbolçi joriy mavsumda gollar hisobini oçdi va yelkasidagi oğir yukdan xalos böldi.
Çiroylilikda birinçi golidan qolişmaydigan ikkinçi goli urildi, keyin uçinçisi. Hakam uçinçi goldan keyin Sonning oldida turib öyindan taşqari holat ehtimolini VAR orqali tekşirdi va maydon markazini körsatdi. Bu hujumçining APLdagi uçinçi het-trigi (bunday körsatkiç böyiça u Kriştianu Ronalduga yetib oldi) va endi Konte bu yulduzli futbolçisini zaxira örindiğida qoldirişi qiyin böladi.
«Bavariya»dan uçralgan mağlubiyatdan keyin (bu «Barselona» uçun mavsumdagi birinçisi bölgandi), kök-anorranglilar la liganing sönggi örinda turgan jamoasini qabul qildi, qolaversa öyinning 14-daqiqasidan boşlab bir kişi köp bölib öynadi. «Elçe»ni sardor Verdu qiyin ahvolda qoldirdi, u birga-bir vaziyatga çiqib borayotgan Levandovskini gazonga qulatgaç, maydondan çetlatildi. Polşalik mergan esa baribir öyinda muvaffaqiyatga erişdi - bölim davomidagi hujumlardan birida Baldening ideal uzatmasini böş qolgan darvozaga joylab qöydi.
Asosiy tarkib uçun Jordi Alba bilan raqobat qilayotgan 18 yoşli çap qanot himoyaçisi bölim oxirida Depay uçun ham bir gol taşkillaştirib berdi. Adolat uçun aytiş kerakki, niderlandiyalik futbolçi ham şedevr ijro namoyiş etdi: u töpni öziga böysundirişda fint işlatib, himoyaçining ortiga ötdi va töpni kuçli zarba bilan darvoza töriga mixladi. Bölim oxirida Pedrining goli ofsayd tufayli bekor qilinişi amalda heç narsani özgartirmadi, masala yakunda tabloda qanday hisobdagi ğalaba yonib turişida qolgandi.
Raqamlar «Elçe» uçun u qadar dahşatli tus olmadi. Levandovski ikkinçi bölim boşida dublni rasmiylaştirib, kök-anorranglilar safidagi gollari sonini öntaga yetkazib qöydi. La ligada «Bavariya» yöq, «Barsa»ning yirik hisobli ğalabalar seriyasi beş öyinga yetdi. Hozirda «Rayo Valekano» birinçi turda katalonlar bilan golsiz durang qayd etganiga işoniş qiyin.
Germaniya: Dortmund foydasiga derbi va Roysning jarohati
Sönggi vaqtlarda «Bavariya» öyinida Oktoberfest bayramlari arafasida murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Avvalgi olti turdan tört bor yutqazgan «Augsburg» va bu mavsumda duranglar virusiga çalingan (sönggi uç öyinda «Borussiya», «Union» va «Ştutgart» bilan durang natijalar qayd etildi) «Bavariya» öyinida har qanday hodisani kutiş mumkin edi. Mezbonlar birinçi bölimdayoq ikkita golli vaziyatga ega bölişdi, mehmonlar safida esa Mane va Sane qulay vaziyatlarni yöqqa çiqardi.
Ikkinçi bölimda esa «Bavariya» oddiy vaziyatda gol ötkazib yubordi. Maydon markazi yaqinida standart vaziyat ijro etilişi, Yago jarima maydoni hududiga töpni taşlab berişi, u yerda esa heç qanday qarşilikka uçramagan Berişa vaziyatdan foydalanişi. Öyin oxirida çempionlarni Noyyer qutqarişi mumkin edi, u burçak zarbasi ijro etilganida raqib jarima maydoniga yetib borib, boşi bilan zarba berdi, ammo mezbonlar darvozaboni Gikeviç qahramonlik körsatib, ampluadoşining zarbasini qaytardi.
Guardiola se planteó la posibilidad de poner a Manuel Neuer como volante central en un partido. Hoy el arquero se probó de delantero en el cierre vs. Augsburgo.pic.twitter.com/S2Yc09BC9N
Mavsumni uç yirik ğalaba bilan boşlagan (töplar nisbati 15:1) Yulian Nagelsmann jamoasi uç durangdan iborat seriya qayd etdi, endi esa mağlubiyatga ham uçradi. Çempionlar ligasida esa işlar yaxşi ketmoqda, «Bavariya» «Inter» va «Barselona»ni mağlub etgan. Yakşanba kuni «Frayburg» va «Union» örtasida turnir jadvalidagi peşqadamlik uçun jang böladi.
«Augsburg» Germaniya çempionati uçun rekord bölgan seriyani töxtatdi - «Bavariya» 2020 yil fevralidan buyon ötkazilgan 87 öyinni golsiz tark etmagandi. Ötgan safar myunxenliklarning bunday seriyasi 65 ta şunday öyindan iborat bölgan va 2014 yilda ham bu seriyaga «Augsburg» çek qöygandi.
Uzoq kutilgan Rur derbisi keskin keçdi, ammo u qadar tomoşabop bölmadi. Birinçi bölimdagi eng xavfli vaziyat Bellingemning boş bilan yöllagan zarbasi qaytarilişi böldi. Bundesligaga qaytgan «Şalke»da esa golli vaziyatlar bölmadi.
Mehmonlar öyinning katta qismida himoyalanişdi, Dortmundning hujumdagi imkoniyatlari esa 32-daqiqada Roys jarohat olib, maydonni zambilda tark etgaç pasaydi. Ammo baribir qora-sariqlar jamoasida gol uradigan futbolçi topildi va Volfning uzatmasidan keyin öyinga zaxiradan qöşilgan Mukoko ğalaba golini urdi. U 17 yoşu 301 kunligida Rur derbisida gol urgan eng yoş futbolçiga aylandi, «Borussiya» esa prinsipial raqibiga qarşi qatorasiga tört öyinda ğalabaga erişib, ötgan asrning 60-yillaridan buyon eng yaxşi körsatkiçini qayd etdi va turnir jadvalida vaqtinça peşqadamga aylanib oldi.
Kun statistikasi
Menhengladbahning «Borussiya» klubi hujumçisi Hofmann «Leypsig»ga qarşi öyinlarda oltinçi bor gol urdi. Bundesligada «hökizlar» jamoasini faqat Levandovski (7 gol) undan köproq ranjitgan.
«Borussiya» himoyaçisi Hummels Rur derbilarida 10-bor ğalabaga erişdi va ayni vaqtda dortmundliklar sport direktori bölib işlayotgan Mixael Tsorkning rekordini takrorladi.
APLda «Mançester Siti» safar öyinlarida qatorasiga 22-öyinni mağlubiyatsiz ötkazdi. Bu «şaharliklar»ning öz tarixidagi eng yaxşi natijasi va turnir tarixidagi eng yaxşi törtinçi natija. «MYu»ning 2020-21 yillar mavsumidagi rekordiga yetti öyin qoldi.
35 yoşu 215 kunlik — «Valensiya» hujumçisi Kavani la ligada XXI asrda debyut qilgan eng tajribali futbolçiga aylandi.
«Mançester Siti» hujumçisi Holand agar hozirgi sur’atni saqlab qolsa, APLning joriy mavsumi yakunlariga köra 57 gol urişi mumkin.