Qirğizistonda Tojikiston bilan çegaradagi qurolli mojaro oqibatida 46 kişi halok bölgan. Bu haqda Qirğiziston soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qildi. Vazirlikning ertalabki xabarida 36 qurbon va 129 nafar jabrlanuvçi haqida aytilgandi.

17 sentabr kuni qurbonlar soni 24 nafar ekani xabar qilingandi. 

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov 19 sentabr kunini milliy motam kuni deb e’lon qiliş töğrisidagi farmonni imzoladi.

Öz navbatida, Tojikiston TIV mahalliy aholi vakillaridan 35 kişi halok bölgani va 30 nafar atrofidagi kişi yaralanganini ma’lum qilgan. Tojikiston tomoni bungaça halok bölganlar haqida rasmiy ma’lumot bermay kelayotgandi. Mahalliy naşrlarda 7 nafar qurbon haqida aytilgandi.

Vladimir Putin Tojikiston va Qirğiziston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Kreml saytida xabar qilişlariça, Putin «tomonlarni keskinlaşuvning oldini olişga va vaziyatni imkon qadar tez fursat içida faqat tinç, siyosiy-diplomatik vositalar orqali hal qiliş çoralarini körişga çaqirgan».

  • Qirğiziston va Tojikiston çegarasida navbatdagi töqnaşuvlar 14 sentabr kuni boşlandi. Tomonlar bir neça bor öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilganini xabar qildi, ammo bu kelişuvlarga rioya qilinmayapti. Qirğiziston hukumati töqnaşuvlar hududidan 136 ming kişi evakuatsiya qilingani haqida xabar bergan.
  • Qirğiz-tojik çegarasida doimiy ravişda mojaro çiqib turadi. Buning sababi — çegarada bahsli uçastkalar mavjud ekanidir, bunday bahsli çegara nuqtalari soni 70 dan ortiq. Ikki mamlakat qariyb 1000 kilometrlik umumiy çegaraga ega bölib, ayni vaqtda tomonlar umumiy çegaraning faqat 70 foizini (660 kilometrdan ortiq) tan olişadi. Çegaralarni belgilab oliş böyiça muzokaralar 2002 yildan buyon davom etadi.