Qirğiziston Boş prokuraturasi Tojikiston bilan çegaradagi qurolli mojarodan keyin jinoiy iş qözğatdi. 19 sentabr, duşanba kuni IIVning Bişkekdagi matbuot xizmati xabariga köra, Jinoyat kodeksining tinçlikka qarşi jinoyat moddasi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Botken viloyatida Tojikiston tomonidan hujumga sabab bölgan holatlarni har tomonlama va çuqur örganiş böyiça idoralararo tergov guruhi tuzildi. Guruh tarkibiga Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura, harbiy prokuratura, mahalliy hokimliklar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari vakillari kiradi. Tuzilgan guruh jabrlangan qişloqlarni közdan keçirmoqda», — deyiladi bayonotda. 

Şuningdek, idora xabar berişiça, ayni paytda ikki davlat Içki işlar vazirligi xodimlaridan iborat qöşma patrullar tomonidan çegara hududidagi aholi örtasida huquq-tartibotni muhofaza qiliş va saqlaş böyiça keça-yu kunduz tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.

Öz navbatida, Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi kotibi Marat Imonqulov Tojikiston bilan olib borilgan jangovar harakatlar natijasida 40 nafar qirğizistonlik harbiy halok bölgani, yana 70 nafari yaralanganini aytdi. U Tojikiston tomonini 14 sentabrda boşlangan mojaroga tayyorgarlik körişda aybladi. «Ular oldindan xandaq qazişni boşlagan, agressiyaga tayyorgarlikning barça belgilari bor edi», dedi u.

Imonqulov, şuningdek, mojaroda iştirok etgan tojik harbiylari orasida xalqaro terrorçi taşkilotlar vakillari va xorijlik yollanma askarlar ham bölganini da’vo qilmoqda. «Hududimizga bostirib kirgan tojik qurolli kuçlari tomonida fuqaro kiyimida, qöllarida qurol-yaroğ bölgan, turli yönalişlarda ham uylarga, ham tinç aholiga öq uzgan odamlar bor edi», dedi u. Xavfsizlik kengaşi kotibiga köra, bu şaxslardan biri Afğoniston fuqarosi ekani aniqlangan.

Ayni paytda, 19 sentabr Qirğizistonda milliy motam kuni deb e’lon qilingan. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov Bişkek çegaradagi kelişmovçiliklarni diplomatik usullar bilan hal etişda davom etişini aytdi. «Tojikiston bilan çegaradoş hududlar körsatilmagan va muammo tuğdirmoqda. Biz qirğiz-tojik çegarasidagi kelişmovçiliklarni faqat tinç yöl bilan hal qiliş uçun harakat qilişda davom etamiz», - dedi Japarov. 

Qirğiziston va Tojikiston örtasidagi çegaradagi vaziyat 14 sentabr kuni Botken tumanidagi uçta uçastkada çegaraçilar örtasida otişma boşlanganidan keyin keskinlaşdi. Tomonlar bir neça bor öt oçişni töxtatiş böyiça kelişib olişdi, biroq kelişuvlar har safar muvaffaqiyatsizlikka uçradi.