Qiroliça Yelizaveta Ikkinçining dafn marosimida Özbekiston nomidan Cenat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev hamda Özbekistonning qirollikdagi elçisi Said Rustamov iştirok etdi.

Qiroliça bugun Vindzordagi Avliyo Georgiy butxonasida, turmuş örtoği yoniga dafn etiladi.

10 kunlik milliy motamni yakunlaydigan Vestministr abbatligida bölib ötayotgan marosimda qariyb 2 mingga yaqin kişi hozir bölgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya yangi qiroli Çarlz III’ga onasi qiroliça Yelizaveta II vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.

«Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanişining ramzi bölib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakçi davlatlardan biriga aylanişiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini har tomonlama oşirişga beqiyos hissa qöşgan buyuk davlat arbobi edi», deyiladi davlat rahbari ta’ziyanomasida.

Yelizaveta II’ning davlat darajasidagi dafn marosimi Buyuk Britaniyada sobiq boş vazir Uinston Çerçillning 1965 yilda vafotidan keyin birinçi marta ötkaziladigan bunday tadbir böladi. Ular qat’iy xavfsizlik çoralari ostida ötkazilmoqda. Qiroliçaning dafn marosimi kuni Buyuk Britaniyada dam oliş kuni deb e’lon qilindi. 

Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni Şotlandiyaning Balmoralida vafot etdi. Bir neça oy oldin uning Birlaşgan Qirollik taxtiga ötirganining 70 yilligi nişonlandi. Yelizaveta II bunday uzoq vaqt davomida hukmronlik qilgan birinçi Britaniya monarxi böldi. U 1952 yil 6 fevralda otasi qirol Georg VI vafotidan söng taxtga ötirgan. 

Sobiq şahzoda Çarlz Buyuk Britaniyaning yangi qiroliga aylandi. U 73 yoşida Çarlz III nomi bilan taxtga ötirdi. U Britaniya tarixida eng uzoq vaqt davomida Uels şahzodasi va taxt vorisi bölib qoldi.