Ikki mamlakat hukumatlari yakşanba kuni bergan bayonotlarga köra, mojaro qurbonlari soni 94 nafarni taşkil etmoqda. Qirğiziston hukumati Botken oblastining çegara hududidagi qarama-qarşilik oqibatida 59 kişi halok bölgani, yana 144 kişi yaralangani haqida ma’lumot bergan.
Tojikiston taşqi işlar vazirligi ham öz tomoni yöqotişlari töğrisida ma’lumot berdi. Vazirlikning feysbukdagi sahifasida mamlakat fuqarolaridan 35 kişi halok bölgani va 25 kişi yaralangani, ular orasida ayollar va bolalar ham borligi aytilgan.
Tomonlar bir-birini janglar vaqtida tanklar, minomyotlar, reaktiv artilleriya va jangovar dronlardan foydalanganlikda ayblamoqda.
Qirğiziston hukumati Tojikiston qurolli kuçlari ma’lum vaqt davomida çegaradagi bir qança qişloqlarini egallab olgani, keyinroq bu hududlarni tark etgani haqida ma’lum qilgan. Juma kuni Qirğizistonning çegaradan 10 kilometr masofada joylaşgan Botken şahriga Tojikiston tomonidan raketa zarbalari kelib tuşgan. Bundan taşqari, Qirğiziston hukumati tojik çegaraçilari Öş viloyati hududida qirğizlarning çegara naryadlarini öqqa tutganini xabar qilgan. Mojaro boşlangan vaqtda Qirğizistonning çegara hududlaridan 137 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan (ayni vaqtga kelib ularning bir qismi uyga qayta boşlagan). 19 sentabr Qirğizistonda milliy motam kuni deb e’lon qilindi.
Tojikiston qirğiz qurolli kuçlarini dron orqali masjidni öqqa tutgani, natijada 12 kişi halok bölganini xabar qilgan. Rasmiy Duşanbe maktab va tez yordam maşinasi öqqa tutilişi oqibatida ham odamlar halok bölgani haqida ma’lumot bergan.
Qarama-qarşilik boşlanişidan köp vaqt ötmay tomonlar öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişib olgandi, ammo, Qirğiziston hukumati bayonotiga köra, vaziyat faqat yakşanba kuniga kelib biroz sokinlaşgan. Qirğiziston hukumati vakillari ikki mamlakat huquq-tartibot organlari xodimlari çegaradagi uçastkalardan birida birgalikda navbatçilik qila boşlaganini xabar qilgan.
Tojikiston va Qirğiziston çegarasida nizolar doimiy ravişda yuzaga kelib turadi, ammo bu safargi keskinlaşuv sönggi vaqtlardagi eng qonlisi bölmoqda. Sönggi bor tomonlarning bunday şiddatli qarama-qarşiligi 2021 yil aprelida röy bergan va öşanda ikki tomondan 55 kişi halok bölib, 205 kişi yaralangandi.
Öşanda mahalliy aholi öz uylarini tark etişga majbur bölgan, qaytganida esa uylari örnida kultepalarni körgan. Ikki mamlakat hukumatlari vayron bölgan infratuzilmalarni tiklaşga e’tibor qaratadi, ammo sönggi kunlardagi voqealar vaqtida yangi qurilgan uylarning köp qismi yana yonib ketgan.
















