Jahon bankining “Farğona vodiysida suv resurslarini boşqariş. 2-bosqiç” loyihasini amalga oşiriş doirasida suv xöjaligi qonunçiligi, suv resurslarini boşqariş, taşkiliy, institutsional, huquqiy tuzilmalar, suv resurslarini moliyaviy-iqtisodiy qöllab-quvvatlaş mexanizmini örganiş maqsadida mamlakat delegatsiyasi amaliy safar bilan Ispaniyada böldi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Safar doirasida elçixonada delegatsiya a’zolari Ispaniyaning GEDEPSA S.A. promouterlik va konsalting kompaniyasi vakillari bilan uçraşdi. GEDEPSA S.A. vakolatxonasi Özbekistonda Ispaniyaning suv-ekologiya, sanoat, qişloq xöjaligi va ta’lim sohalarida faoliyat yurituvçi yirik kompaniyalari ta’lim va ilmiy muassasalarni jalb qilgan holda loyihalarni hayotga tatbiq etadi.

Uçraşuv yakunlari böyiça Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oşiriş markazi direktori Baxtiyor Kamolov va GEDEPSA S.A. prezidenti Alxandro Pastrana Molero hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hujjatda suv ta’minoti samarali tizimlarini yaratiş, suv resurslarini iste’mol qiliş va ulardan foydalaniş samaradorligini oşiriş, suv xöjaligi sohasida muqobil energiya resurslaridan foydalaniş innovatsion texnologiyalarini joriy etişga qaratilgan qöşma investitsiya loyihalarini işlab çiqiş, ularni amalga oşiriş uçun Ispaniya davlat va xususiy mablağlarini jalb etiş vazifalari belgilangan.