Germaniyada Yevropa ittifoqi qora röyxatiga kiritilgan rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga nisbatan keng kölamli tinuvlar ötkazildi. 21 sentabr, çorşanba kuni ötkazilgan operatsiyada Federal jinoyat politsiyasi idorasi (BKA) va Myunxen prokuraturasining 250 ga yaqin xodimi iştirok etdi. Gumonlanuvçilar Rossiya fuqarosi va yana tört kişi, gap taşqi iqtisodiy faoliyat töğrisidagi qonunni buzganlik böyiça dastlabki gumon haqida ketmoqda, dedi Myunxen tergovçilari matbuot anjumanida. 

BKA rahbari Holger Myunx DW muxbirining savoliga javob berar ekan, tintuv sanksiyalar rejimini buziş gumonlari bilan boğliq holda olib borilganini aytdi. Uning sözlariga köra, Usmonovning mol-mulki Yevropa sanksiyalariga köra taqiqlangan daromad oliş uçun işlatilgan. Bundan taşqari, milliarderning yaxtasi dalillarni hujjatlaştiriş va uning kimga tegişli ekanligini hamda haqiqiy benefitsiar kimligini aniqlaş maqsadida xatlovga olingan, dedi Myunx. Uning qöşimça qilişiça, bu çora-tadbirlarning barçasi jazo çoralari qöllanilgan şaxslarning mol-mulkini xatlovga olişga hissa qöşiş uçun möljallangan. 

Öz navbatida, Myunxen tergovçilari Bavariya, Baden-Vyurtemberg, Şlezvig-Golşteyn va Hamburgdagi 24 ta obektda tintuvlar ötkazilganini ma’lum qildi. Prokuror sözlariga köra, Yuqori Bavariyadagi mol-mulk 28 fevralda Yevropa ittifoqining sanksiyalar röyxatiga kiritilganidan keyin ham xavfsizlik kompaniyasi tomonidan nazorat qilingan. Uşbu xizmatlar uçun haq tölaş orqali u muzlatilgan mablağlarni tasarruf etiş böyiça taqiqni buzdi, deya xabar berildi matbuot anjumanida. 

Yana tört nafar gumonlanuvçi qonun buzilişiga yordam berganlikda ayblanmoqda, çunki ular xavfsizlik xizmatlarini körsatgan yoki ularga kömaklaşgan va pul olgan. Prokuratura qöşimça ma’lumot berişdan boş tortdi. 

Der Spiegel naşrining yozişiça, tintuvlar, jumladan, Usmonovning Tegernze kölidagi villasida bölib ötgan, rossiyalik milliarder soliq tölaşdan böyin tovlaganlikda ham gumonlanmoqda. Öz navbatida, BR Bavariya teleradiokompaniyasi xabar berişiça, Usmonov Germaniyada soliq tölaşi kerak bölgan, çunki u 2016 yildan beri muntazam va uzoq vaqt davomida Rottax-Egerndagi uyida yaşagan. Biroq, u nemis rasmiylariga soliq deklaratsiyasini taqdim etmagan, şuning uçun bu masala böyiça tergov olib borilmoqda, deyiladi xabarda.