Qişloq xöjaligi vazirligi xabariga köra, bugungi kunda uşbu uruğlik donni belgilangan tartibda tozalaş, saralaş, dorilaş va qadoqlaş böyiça tadbirlar olib borilmoqda. Uruğlik donni respublika böylab kuzgi muddatlarda ekiş uçun ğalla yetiştiruvçi agroklaster va fermer xöjaliklariga töğri taqsimlaş hamda yetkazib beriş işlari Uruğçilikni rivojlantiriş markazi tomonidan taşkillaştirilmoqda.
Import qilingan mazkur uruğlar hisobiga Özbekiston şaroitida ğalla hosildorligi 10-15 foizga oşişi kutilmoqda. Bunda uruğ öz vaqtida olib kelinişi katta ahamiyatga ega, erta ekilgan uruğ yuqori hosil olinişiga puxta zamin yaratadi.
Uruğçilikni rivojlantiriş markazi tomonidan 2023 yil hosili uçun uruğlik ğalla maydonlarida ötkazilgan dala aprobatsiyasi natijalariga köra, 77,8 ming gektar yer maydonlari yaroqli deb topilgan hamda 270 ming tonnadan ortiq uruğlik don jamğarilgan.
Soha olim va mutaxassislari köp yillik tahlillariga köra, Rossiya Krasnodar ölkasidagi P.Lukyanenko nomidagi Don milliy markazi seleksiyasiga mansub respublika tuproq-iqlim şaroitiga mos, tabiat turli stress omillariga çidamli serhosil buğdoy navlari yuqori avlodli uruğliklari hisobiga boşoqli don ekinlaridan yuqori va barqaror hosil yetiştiriş imkoniyatlarini bermoqda.












