Ekopolitsiyaning hududiy organlari tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlari va «Özbekkosmos» agentligi tomonidan kosmik suratlarni qayta işlaş va tahlil qiliş orqali 744 ta buğdoydan böşagan yer maydonlarida yoniş holatlari böyiça 172 nafar huquqbuzarga 212,5 mln söm miqdorida ma’muriy jarimalar qöllanildi.

Şuningdek, 652,3 mln söm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Bundan taşqari, dala va aholi punktlarida anğiz, xazon va şox-şabbalarni yoki ösimliklarning boşqa qoldiqlarini yoqib yuboriş, şuningdek, quriliş çiqindilarini yoqiş bilan boğliq holatlarning oldini oliş böyiça olib borilgan nazorat tadbirlari davomida bugungi kun holatiga 9 821 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, bayonnomalar rasmiylaştirilgan.