20 sentabrdan boşlab BAA loukoster kompaniyasi Samarqandga haftasiga 2 bor töğridan töğri reyslarni amalga oşirişni boşladi. Şu munosabat bilan Transport, Turizm va madaniy meros vazirligi, «Uzbekistan airports» AJ, Fly Dubai aviakompaniyasi rahbarlari iştirokida Ipak yöli Samarqand turizm markazidagi Samarkand Regency Amir Temur mehmonxonasida matbuot anjumani ötkazildi.

Kun.uz muxbirining Fly Dubai aviakompaniyasi Özbekiston şaharlari böylab qatnov geografiyasi kengaytiradimi, degan savoliga javoban kompaniya boş direktori Ğays al-Ğays şunday javob berdi:
— Biz Toşkentga har kunlik muntazam qatnovlarni, mana endi Samarqandga ham qatnovlarni yölga qöydik. Buning uçun Özbekiston rahbariyatiga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz. Şuningdek, 24 sentabrdan boşlab Namangan şahriga ham muntazam qatnovlarni yölga qöyamiz.
Fly Dubai aviakompaniyasiga 2008 yilning 19 martida asos solingan. Kompaniya ixtiyorida 70 ga yaqin Boeing 737-800 va Boeing 737-MAX samolyotlari bölib, 100 ga yaqin şaharlarga parvoz qiladi. Kompaniya parvozlar geografiyasini yanada kengaytiriş uçun yana 150 ta samolyot buyurtma qilgan.












