08:41 / 22.09.2022
5958

Yo‘qotilgan maktab shahodatnomasi dublikatini olish osonlashdi

Joriy yil 1 iyulidan boshlab shahodatnoma dublikatini onlayn olish imkoni yaratilgan. Bu haqda Yagona portal xabar bermoqda.

Yangi xizmat doirasida:

  • shahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);
  • shahodatnoma dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron shaklda portal orqali beriladi (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan);
  • ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boshqa hech qanday hujjat so‘ralmaydi.

Qayd etilishicha, avval maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yo‘qolgani haqida gazeta e’loni, topilmalar idorasidan ma’lumotnoma, pasport nusxasi, familiya o‘zgargani haqida FHDYo bo‘limlaridan ma’lumotnoma.

Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqaro shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurgani aytiladi.

Top