“Ipoteka kreditidan foydalanişda aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

1 yanvardan uy-joy uçun subsidiya berilgan fuqarolar ipoteka kreditlari va ular foizlari uçun yönaltirilgan iş haqi va boşqa daromadlari daromad soliğiga tortilmaydi. Mazkur imtiyoz qarz oluvçi va birga qarz oluvçilar daromadi bir soliq davrida mehnatga haq tölaş eng kam miqdori 80 baravaridan oşmagan qismiga tatbiq etiladi.

2023 yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uçun yönaltirilgan daromad soliqqa tortiladi.

2022 yil 1 noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uçun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratişga ruxsat beriladi.

Qaror bilan 2021 yilda berilgan subsidiya ajratiş töğrisidagi xabarnomalar amal qiliş muddati 2022 yil 31 dekabrgaça uzaytirildi.

“Özbekiston ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi”ga banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalaştiriş uçun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz tölovlarini har 6 oyda tölaş şarti bilan 300 mlrd sömgaça budjet ssudasi ajratiladi.

Uy-joylar va ipoteka kredit olişda fuqarolarga qöşimça qulayliklar yaratiş uçun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari taşkil etiladi.