Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Furqat Siddiqov Ummon savdo, sanoat va investitsiyalarni tarğib qiliş vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqot çoğida ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlikni rivojlantiriş bugungi kun muhim mavzusi ekanini ta’kidladi.
Uçraşuv davomida Özbekiston va Ummon örtasida ekspertlardan iborat işçi guruh tuziş va tomonlar manfaatlariga birdek javob beradigan loyihalarni özaro hamkorlikda işlab çiqişni muvofiqlaştiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Şuningdek, tomonlar Ummon biznes vakillari Özbekistonga taşrifini amalga oşiriş yuzasidan yakdil fikr bildirildi.












