13:00 / 23.09.2022
2139
Payme "GameDev Goethe 2022" o‘yinlar rivojlantirish inkubatori 3-mavsumida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mobil o‘yinlar rivojlanishini moliyalashtirdi
Foto: Payme

2022 yil 20 avgust kuni O‘zbekistondagi Gyote institutida GameDev Goethe 2022 o‘yinlarini rivojlantirish inkubatori 3-mavsumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida O‘zbekistonda birinchi yirik o‘yin tadbiri - dasturdagi uch oylik ishtirok davomida jamoalar tomonidan yaratilgan o‘yinlarning Open-Air ko‘rgazmasi tashkil etildi.

GameDev Goethe - bu O‘zbekistondagi birinchi o‘yinlarni ishlab chiqish inkubatori bo‘lib, uning maqsadi o‘yinga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, hamfikrlarni topish va o‘z o‘yinlarini yaratishdir. Ularga bu borada o‘yinlarni ishlab chiqish borasida ko‘p yillik tajribaga ega mahoratli mutaxassislar yordam beradi.

Loyiha O‘zbekistondagi Gyote instituti tomonidan 2020 yilda IT Park ko‘magida yaratilgan. 2020 yil bahorida bo‘lib o‘tgan inkubatorning birinchi to‘plamiga bo‘lgan qiziqish kutilgan natijalardan oshib ketdi — tashkilotchilar ishtirok etish uchun 550 dan ortiq arizalarni qabul qilishdi. 2021 yilda arizalar soni 700 tani tashkil etdi. Joriy yil esa GameDev Goethe inkubatorining 3-mavsumida ishtirok etish uchun 800 dan ortiq ariza topshirildi.

Bu yil GameDev Goethe’da ishlab chiqilayotgan o‘yinlarning mavzusi moliyaviy savodxonlik edi. Tadbirga O‘zbekistondagi yetakchi to‘lov ilovalaridan biri bo‘lgan Payme homiylik qildi.

Butun dunyoda odamlar shaxsiy moliyani boshqarish o‘qish yoki matematika kabi alohida mahorat ekanligini tushunib yetmoqda. Moliyaviy savodxonlik elementlari maktab o‘quv dasturiga kiritilgan, malaka oshirish kurslari ishlab chiqilmoqda, kitoblar yozilmoqda. Qiziqarli o‘yinni o‘quv materiallari bilan uyg‘unlashtirishni taklif qilgan Payme shaxsiy moliya boshqaruvini yangi sog‘lom odatga aylantirish maqsadini oldi.

O‘yin orqali, "O‘yinga asoslangan ta’lim" konsepsiyasi orqali kompaniya bu ko‘nikmalari bolalar uchun normaga aylantirishga umid qilmoqda, shunda ular balog‘at yoshida o‘zlarining kundalik vazifalarini yaxshiroq hal qilishlari mumkin: ular topganidan qo‘proq pul sarflamang, o‘zlarini va oilalarini ta’minlasin. Ularga o‘zlariga kerak bo‘lgan hamma narsa bilan o‘z moliyaviy kelajaklarini rejalashtirishga zamin yaratadi.

300 dan ortiq tashrif buyuruvchilar, shu jumladan 100 ga yaqin mutaxassis tashrif buyuruvchilar GameDev Goethe 2022 inkubatorining 3-mavsumi finaliga chiqqan 20 nafar rezidentlarning yangi mahsulotlari va ishlanmalari bilan tanishib chiqdilar.

O‘yinlar namoyishi davomida mehmonlar va mobil va kompyuter o‘yinlari ixlosmandlari 30 ta o‘yin o‘ynash va 5 ta eng yaxshi moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘yinlar va 3 ta eng yaxshi Freestyle janridagi o‘yin uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar bilan yaqindan tanishish va ular bilan muloqot qilish, o‘yin mahsulotini yaratishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar va imkoniyatlar haqida suhbatlashish fursatiga ega bo‘ldilar.

Loyihaning asosiy sovrinlarini olgan barcha 3 mavsum g‘oliblarini tabriklashdan mamnunmiz, ular har biri 10 million so‘mdan beshta grant va uchta XBox Series S o‘yin konsollari sohiblariga aylanishdi, quyida g‘olib jamoalar ro‘yxati va ishtirokchilar nomlarini e’lon qilamiz.

Bosh homiy - Payme tomonidan taqdim etilgan 10 mln so‘mdan grantlar g‘olib-jamoalari:

“Banda Games” jamoasi

Maksim Dushkin

Anastasiya Zapopadko

Shuhrat Dadaboyev 

“AvacadOs” jamoasi

Umarov Shohrux

“FAZLIDDIN GAMES” jamoasi

Fazliddin Komilov

Muhammadali Nigmatov

“AliaVita”  jamoasi

Emlyan Yuldashev

Rustam Po‘latov

Siyar Ablyametov

“Alpha Pokemons” jamoasi

Almazbek Davranbekov

Emir-Abdul Sayfutdinov

Sevara Mansurova

Freestyle janri uchun uchta XBox Series S o‘yin konsollarini yutgan jamoalar:

“FAZLIDDIN GAMES” jamoasi

Fazliddin Komilov

Muhammadali Nigmatov

“GBMGames” jamoasi

Aziz Yusifzade

Nodirbek Fayzimatov

“Plan B” jamoasi

Bahodir Xudoyorov

Reklama

Mavzuga oid
Top