Taşqi işlar vazirligida Isroil Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik markazi (MAŞAV) rahbari, elçi Eynat Şleyn bilan uçraşuv bölib ötdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
MAŞAV Özbekistonda 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ötgan davr mobaynida respublika iqtisodiyoti turli tarmoqlaridan minglab mutaxassislar Isroil va Özbekiston mintaqalarida MAŞAVning köplab treninglari, öquv kurslari va seminarlarida iştirok etdi. Isroillik ekspertlar respublikada qator ijtimoiy-iqtisodiy loyiha va dasturlarni amalga oşirişda maslahat hamda texnik yordam körsatdi.
Yiğilişda qişloq va suv xöjaligi, tibbiyot va soğliqni saqlaşni rivojlantiriş dasturlarini amalga oşiriş, innovatsiya yeçimlari, biznesni rivojlantiriş, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça hamkorlikni jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Yaqin kelajakda özaro dasturlar soni va hajmini oşiriş yuzasidan fikr almaşildi, tegişli yönalişlarda yangi loyihalar işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.












