Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, Norov Markaziy Osiyoning rivojlaniş istiqbollari Afğonistonda tinçlikni ta’minlaş bilan uzviy boğliqligini ta’kidladi.
«Biz çuqur gumanitar inqirozni boşdan keçirayotgan uşbu mamlakatga xalqaro e’tiborning pasayişidan xavotirdamiz. Afğonistonning mavjud muammolar qurşovida yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik nihoyatda muhimdir. Bu, şubhasiz, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka salbiy ta’sir körsatişi mumkin», — degan u.
Vazir Afğoniston iqtisodiyotini tiklaş, uning mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga qöşilişi, infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oşiriş xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yönalişi bölişi kerakligi, uşbu muammolarni hal qiliş uçun BMT, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kömagi zarurligini ta’kidladi.
«Özbekiston Afğonistonga kömaklaşiş böyiça xalqaro sa’y-harakatlarga öz hissasini qöşmoqda. Çegaradoş Termiz şahrida Xalqaro transport-logistika xabi taşkil etilib, BMT tuzilmalari tomonidan Afğonistonga gumanitar yordam körsatişda uning imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda.
Termiz şahrida Afğonistonni gumanitar qöllab-quvvatlaş böyiça maxsus jamğarmani taşkil etiş haqida taklif bildirildi. Jamğarma mablağlari ijtimoiy inqirozni bartaraf etiş, yoşlar uçun ta’lim dasturlari va soğliqni saqlaş sohasidagi loyihalarni amalga oşirişga yönaltirilişi közda tutilmoqda.
Vladimir Norov Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş assambleyasi tomonidan 2022 yil iyul oyida qabul qilingan «Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş töğrisida»gi rezolyutsiyasiga ham e’tibor qaratdi. Mazkur hujjatda Afğonistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb qiliş, uni ikki mintaqani boğlaydigan köprikka aylantiriş ustuvor örin tutadi.
Mazkur ğoyalarning hayotga tatbiq etilişi uçun Termiz—Mozori-Şarif—Kobul—Peşovar temiryölini quriş kabi transmintaqaviy infratuzilma loyihalari amalga oşirilişi lozimdir.
Afğonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga jalb etiş muammolarini hal etişga Özbekiston tomonidan BMT kömagida Toşkent şahrida Özaro boğliqlik böyiça mintaqalararo markaz taşkil etilişi ham kömaklaşadi», — degan Özbekiston taşqi işlar vaziri.












