Toşkentda 13-18 sentabr kunlari ötkazilgan “Ipak yöli durdonasi” XIV Toşkent xalqaro kinofestivalining turk kinosi kunlari özbek tomoşabinlari tomonidan yuqori qiziqiş bilan qarşi olingandi. Şu bilan birga, ikki maşhur turk aktyori Nurgul Yaşilçoy va Burak Özçivitning qolgan turk aktyorlari bilan bitta sahnaga çiqişni xohlamagani şov-şuvlarga sabab bölişga ham ulgurdi.

Tadbirda iştirok etgan kinoşunos–jurnalist Şohira Hamro ikki hamkasbi ular bilan ötirişni xohlamagaç, boşqa turk aktyorlari sahnani tark etgani haqida yozgandi. Aktyorlar ortidan Turkiya elçixonasi vakillari ham zaldan çiqib ketişgan.

Voqea qanday bölgandi?

Daryo.uz naşrida e’lon qilingan kinofestival videosida turk aktyorlari uçun sahnada 12 stul qöyilganini köriş mumkin. Aktyorlar birma-bir e’lon qilinib, 9 aktyor joylarini egallaşgan. Keyin Nurgul Yaşilçoy, undan söng Burak Özçivit sahnaga taklif qilingan.

Boşlovçi ikki marta ismini e’lon qilgaç, Nurgul Yaşilçoy sahnaga çiqib, tomoşabinlar bilan salomlaşib, yana sahna ortiga ötib ketgan. Turk aktyorlari bilan suhbat tugagaç, sahnaga bitta stul qöyilib, Yaşilçoyning özini taklif qilişgan. Turkiyalik 76 yoşli aktyor Sardor Kökxon bu holatni hurmatsizlik deb qabul qilib, qolgan turk aktyorlari bilan zalni tark etişadi. Şundan keyin boşlovçi Şahzoda Muhammedova mikrofonni olib, Yaşilçoy va Özçivitni tadbirning kulminatsion nuqtasi uçun festival oxiriga saqlab turişganini aytadi.

Lekin keyinroq kinofestival taşkilotçilari boşqaçaroq bayonot bilan çiqişdi. Unga köra, sahnaga çiqmaslik Yaşilçoy va Burakning tanlovi bölgan.