Qayd etilişiça, bojxona qiymatini aniqlaşning bitim qiymatiga oid usul, ya’ni birinçi usul böyiça Özbekistonga reeksport qilingan tovarlar uçun reeksport qilingan mamlakatda rasmiylaştirilgan import deklaratsiyasini taqdim etiş amaliyoti bekor qilindi.
Xavflarni boşqariş tizimida bojxona yuk deklaratsiyasi “sariq” va “qizil” yölakka yönaltirilganida qöşimça sörab olinadigan hujjatlar muntazam tarzda sörab olinmaydi.
Endilikda qöşimça hujjatlar tovar bojxona qiymati oxirgi 90 kalendar kun içida 1-usulda rasmiylaştirilgan xuddi şunday tovar bojxona qiymatidan past bölsa, sörab olinişi mumkin. Agar 90 kun içida bunday ma’lumotlar mavjud bölmasa, 180 kunlik muddat böyiça soliştirilişi mumkin.
Endilikda bojxona qiymatini belgilaş uçun asos sifatida foydalanilayotgan bojxona yuk deklaratsiyasi röyxat raqamini bojxona qiymati deklaratsiyasida körsatişning özi yetarli. Bojxona xodimi bojxona organlari axborot tizimida yaratilgan imkoniyat orqali deklaratsiya tartib raqamidan foydalangan holda barça zarur hujjatlarni mustaqil tekşirişi mumkin.












