Italiyadagi navbatdan taşqari parlament saylovlarida ğalaba qozongan «Italiya birodarlari» partiyasi yetakçisi Jorja Meloni Ukrainani «Ukraina xalqining erkinligi yölini qöllab-quvvatlaşga sodiqligiga» işontirdi. Bu haqda u 28 sentabr, seşanba kuni Twitter-akkauntida yozdi.
«Hurmatli prezident Zelenskiy, siz Ukraina xalqi ozodligi yölida bizning sodiq qöllab-quvvatlaşimizga işonişingiz mumkinligini bilasiz. Kuçli böling va bukilmas işonçni saqlang», - deya javob berdi Meloni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning tabrigiga.
«Jorja Meloni va uning partiyasini saylovdagi ğalabasi bilan tabriklaymiz. Biz Italiyaning Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda Ukrainani qöllab-quvvatlayotganini qadrlaymiz. Italiyaning yangi hukumati bilan samarali hamkorlikni kutamiz», deb yozdi Zelenskiy.
Italiyada navbatdan taşqari parlament saylovlari natijalariga köra öng kuçlar koalitsiyasi ğalaba qozondi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Meloni boşçiligidagi «Italiya birodarlari» partiyasi 26 foizdan köproq, boşqa koalitsiyadagi partiyalar esa taxminan 18 foiz ovoz töplagan. Demokratik partiya 20 foizdan kam, «Beş yulduz» harakati esa 15 foizga yaqin ovoz oldi.
Saylovdan söng Meloni mamlakat boş vaziri lavozimiga asosiy favorit hisoblanadi, çunki uning partiyasi koalitsiya böyiça kelişuvga erişgan öng kuçlar orasida eng köp ovoz töpladi.
Saylov kampaniyasi davomida u Italiyaning Ukraina va Rossiyaga nisbatan siyosatini özgartirişni rejalaştirmaganligini bir neça bor ta’kidladi, deb eslaydi dpa agentligi. Öng qanot koalitsiyaning yana ikki yetakçisi, sobiq içki işlar vaziri Matteo Salvini va Italiya sobiq boş vaziri Silvio Berluskoni Kreml bilan yaqin aloqada bölganlikda bir neça bor ayblangan.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin Salvini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga munosabati özgarganini e’lon qildi. «Uruş tufayli Putin haqidagi fikrim özgardi. Çunki odam bombardimon qila boşlasa, tanklar yuborsa, çet davlatga bostirib kirsa, bu butunlay boşqa narsa», - dedi Salvini saylovdan bir hafta oldin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.
Berluskoni ham saylovlardan bir neça kun oldin «Ukrainaga qarşi tajovuz asossiz va qabul qilib bölmaydigan, «Olğa, Italiya» partiyasining pozitsiyasi aniq. Biz har doim Yevropa ittifoqi va NATO bilan birga bölamiz» dedi.













