10 yil ilgari dasturçi kim ekanini bilmagan Azimjon 23 yoşida dunyoning eng kuçli kompaniyalarida işlayapti. Uning asosiy maqsadlaridan biri dasturlaşni noldan boşlab örgatadigan platforma yaratib, örganişga imkoniyati yetmayotgan yigit-qizlariga yordam beriş.

Inha’dan ketişi

— Toşkentda S.Sirojiddinov nomli akademik litseyda öqiganman. Öşa paytlari Inha universiteti yangi oçilgandi. U yerda kuçli öntalikka kirgan talabalarning 1 semestr öqiş puli qoplab berilardi. Afsuski, biz kirgan yili universitetga 4-örinda kirganligimga qaramay, stipendiya berişmagan. Şunday qilib 1-semestrni öqib, keyin ketganman.

Inha’dan ketganimdan keyin ozroq vaqt frilansing qilganman. Newmax kompaniyasi, undan keyin Super Dispatch nomli kompaniyaga işga kirganman.

Keyin Bolgariya va Koreyadagi universitetlarga harakat qilib kördim, narxlari töğri kelmadi, imkon bölmadi. 2019 yil Toşkentda yoşlar uçun bölgan forumda Polşa haqida örganib, qiziqib qoldim. Narxlar arzonroqligi, özimdagi budjet yetgani uçun Polşaga keldim. Yana bir yaxşi tomoni Toşkentdagi işimni Varşavadan turib bajara olardim. Hozir Polşadagi Polish-Japanese Academy of Information Technology universitetining 3-bosqiçida öqiyapman.

Meta, London

Facebook, Bloomberg va Amazondan taklifnoma

— Ötgan yili Bloomberg va Facebook’da amaliyot ötaşim uçun ulardan taklif xati keldi. Ikkalasi ham yaxşi kompaniya bölgani uçun yöq demadim. Facebook’da yozda, Bloomberğda kuzda amaliyot ötaşni möljallagan edim. Lekin hozir Polşadagi viza jarayoni qiyinlaşgani uçun ertaroq Polşaga qaytdim va Bloomberğni keyingi yilga köçirdim. Şu orada Amazon’dan ham töliq iş taklif qilib qolişdi va şu yerda işlayapman.

Microsoft, Varşava

Katta kompaniyalarda amaliyotning muhimligi

— Universitetda öqişdan oliş mumkin bölgan eng katta imkoniyatlardan biri bu — Internship. FAANG, ya’ni Facebook, Apple, Amazon, Netflix va Google kabi katta kompaniyalarda amaliyot ötaş.

Odatda amaliyotga ariza topşiriş — sentabrdan dekabrgaça davom etadi. Istalgan amaliyotga topşiriş uçun sizdan CV — tarjimai hol söraladi. Minglab talabalar orasidan intervyuga aynan sizni tanlab olişi sizning CV’ingizga boğliq. CV’ingiz rekruter qölida atigi bir daqiqa böladi. Şuning uçun uni 1 betdan oşirmaslik va eng muhim narsalarni yoziş kerak.