Hukumat qaroriga köra, Davlat soliq qömitasi soliq xavfi yuqori deb baholangan soliq tölovçilar röyxatini öz saytida joylaştiradi, Davlat soliq qömitasi saytida joylaştirilgan soliq tölovçilar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan “Insofsiz ijroçilarning yagona reyestri”ga kiritiladi.
2022 yil 1 noyabrdan boşlab Davlat soliq qömitasi tomonidan soliq tölovçilar soliq majburiyatlarini aniqlaş hamda soliq xavfini tahlil qiliş ayrim davlat organlari va taşkilotlari mavjud axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridan avtorizatsiya huquqi asosida foydalangan holda, real vaqt rejimida amalga oşiriladi.
Davlat soliq qömitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda integratsiyalaşgan ma’lumotlar bazasini real vaqt rejimida taqqoslaş va soliq soliş bazasini kengaytiriş imkonini beradigan Davlat soliq qömitasining «Taşqi manba-2» dasturiy kompleksini yaratiş va bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqadi hamda tasdiqlaydi.
Dasturiy kompleksni işlab çiqiş, joriy etiş va kuzatib boriş bilan boğliq xarajatlar Davlat soliq qömitasi Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantiriş va közda tutilmagan xarajatlar maxsus jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Davlat organlari va taşkilotlari qonunçilik hujjatlari axborot xavfsizligiga rioya etişga doir talablarini hisobga olgan holda, öz axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasidan Davlat soliq qömitasiga avtorizatsiya huquqi asosida soliq tölovçilar soliq majburiyatlarini aniqlaş hamda soliq xavfini tahlil qiliş uçun real vaqt rejimida foydalaniş imkoniyatini yaratadi.












