Afğoniston poytaxtida 30 sentabr, juma kuni xudkuş-terrorçi ta’lim muassasasiga hujum uyuştirdi. Oqibatda kamida 19 kişi halok böldi, yana 27 kişi yaralandi, deb xabar beradi epd axborot agentligi.
Britaniyaning BBC mediakompaniyasi xabariga köra, hujum obekti qizlar va öğil bolalar uçun birgalikda ta’lim beruvçi Kaj xususiy akademiyasi bölgan. Mahalliy OAV qurbonlar soni haqida turliça xabar bermoqda. Xususan, Aamj News portali qurbonlar va jarohatlanganlarning umumiy soni 100 kişiga yetganini, ularning aksariyati qizlar ekanligini bildirmoqda. Şu bilan birga, dpa agentligi tibbiyot muassasalari vakillariga tayanib, 30 ga yaqin odam halok bölgani va 56 kişi yaralanganini yozmoqda.
Xabar qilinişiça, hujum asosan Afğoniston aholisining qariyb 9 foizini taşkil etuvçi hazoralar istiqomat qiladigan Kobul tumanida sodir etilgan. Ğarb qurolli kuçlari mamlakatdan olib çiqib ketilganidan buyon bu etnik ozçilik «Tolibon» harakati va IŞID terrorçilik guruhi tomonidan kuçli ta’qiblarga uçragani aytiladi.
Hozirça heç bir taşkilot Kobuldagi hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi.
Afğonistonda hokimiyat tepasida turgan toliblar hujumni qoralab, uning ortida turganlarni qölga oliş va jazolaş çoralarini körişga va’da berdi.
Xudkuşlik hujumi xalqaro miqyosda norozilik uyğotdi. BMTning Afğonistondagi missiyasi (Unama) mamlakatda xavfsizlik bilan boğliq vaziyat barqaror ravişda yomonlaşayotganini ma’lum qildi. Birlaşgan millatlar taşkilotining Bolalar jamğarmasi (UNICEF) esa ta’lim muassasalarida yoki yaqinida zöravonlikka yöl qöyib bölmasligini ta’kidladi.












