Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Afğoniston poytaxtida sodir etilgan zöravonlik harakatlarining taşkilotçilari va ijroçilarini aniqlaşda barça zarur çoralarni körişga çaqirdi.
“Kobul ğarbidagi ta’lim markazida sodir etilgan qabih terrorçilik xuruji oqibatida önlab insonlar, asosan, qizlar halok bölgani va jarohatlangani haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildik, - deb ta’kidlangan TIV bayonotida. - Yana röy bergan zöravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va ğayriinsoniy xuruj taşkilotçilari hamda ijroçilarini aniqlaşda barça zarur çoralarni körişga çaqiramiz”.
Bayonotda halok bölganlarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirilib, jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişi tilab qolingan.
Afğoniston poytaxtida 30 sentabr, juma kuni xudkuş-terrorçi ta’lim muassasasiga hujum uyuştirdi. Oqibatda kamida 19 kişi halok böldi, yana 27 kişi yaralandi.
Britaniyaning BBC mediakompaniyasi xabariga köra, hujum obekti qizlar va öğil bolalar uçun birgalikda ta’lim beruvçi Kaj xususiy akademiyasi bölgan. Mahalliy OAV qurbonlar soni haqida turliça xabar berdi. Aamj News portali qurbonlar va jarohatlanganlarning umumiy soni 100 kişiga yetganini, ularning aksariyati qizlar ekanligini bildirdi. Şu bilan birga, dpa agentligi tibbiyot muassasalari vakillariga tayanib, 30 ga yaqin odam halok bölgani va 56 kişi yaralanganini yozdi.
Xabar qilinişiça, hujum asosan Afğoniston aholisining qariyb 9 foizini taşkil etuvçi hazoralar istiqomat qiladigan Kobul tumanida sodir etilgan. Hozirça heç bir taşkilot Kobuldagi hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi.
Afğonistonda hokimiyat tepasida turgan toliblar hujumni qoralab, uning ortida turganlarni qölga oliş va jazolaş çoralarini körişga va’da berdi.












