Qayd etilişiça, buning uçun mavjud böş iş örinlariga oid ma’lumotlar bazasi örganib çiqildi. Örganiş vaqtida ma’lumotlar bazasida 4 mingdan ortiq böş iş örinlari qayd etildi.

Tahlil natijalariga köra, quyidagilar ma’lum böldi:

  • böş iş örinlari 28 foizida ijtimoiy könikmalar, ya’ni jamoada işlaş, muzokaralar olib boriş, yaxşi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qiliş qobiliyatlari talab etilişi ma’lum böldi;
  • vakansiyalar 18,3 foizida çet tillarini (asosan ingliz tilini) biliş talabi körsatilgan;
  • vakansiyalar 15,2 foizida şaxsiy könikmalar, ya’ni mas’uliyat, stressga çidamlilik, ijodkorlik, motivatsiya, yetakçilik fazilatlari talab etilmoqda, kompyuter savodxonligi ham eng köp talab qilinuvçi könikma ekani ma’lum böldi (böş iş örinlari 12,5 foizida söralgan);
  • böş iş örinlari 86 foizida iş qidiruvçilardan kamida bir yillik iş stajiga ega böliş talab qilingan;
  • böş iş örinlari 11,3 foizida oliy ma’lumotli böliş söralgan.

Ekonometrik tahlil natijalariga köra, quyidagilar aniqlandi:

  • moliyaviy, kompyuterga ixtisoslaşgan, kognitiv, mijozga yönaltirilgan, xodimlarni boşqariş, ijtimoiy könikmalar, rus, özbek va ingliz tillarini biliş muhim ahamiyatga ega;
  • ijobiy mukofot quyidagi könikmalarda namoyon böladi: moliyaviy (34 foiz), hisoblaş (8,6 foiz), kognitiv (20 foiz), mijozlarga yönaltirilgan (21 foiz), xodimlarni boşqariş (33 foiz) va ingliz tilini biliş (25 foiz).