O‘zbekiston | 10:32 / 04.10.2022
1540
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilishda texnik me’yorlash ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu haqda Qurilish sohasida standartlashtirish respublika markazi bosh direktori Abulqosim Abduxoliqov ma’lum qildi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, mazkur institut qurilish va shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqotlar asosida texnik jihatidan tartibga solish, me’yorlash va standartlashtirish ishlarini olib boradi.

Milliy klassifikator va elektron katalogni yuritish, bino va inshootlarni axborot modellashtirish, ya’ni BIM-texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalar ham shular jumlasidan. 

Shuningdek, qurilish sohasida narxlarni shakllantirish va uning mexanizmlarini aniqlash masalalari bo‘yicha mazkur institut vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid