2022 yil 3-4 oktyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Urologiyaning dolzarb masalalari: nazariya va amaliyot birligi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Xalqaro anjumanda Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston, Belarus, Tojikiston, Qirğiziston va Özbekiston tibbiyot oliy öquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiyot markazlari xodimlari iştirok etdilar.

Xalqaro konferensiyaning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Inoyatov Amrillo, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Özbekiston Respublikasi Urologlar ilmiy jamiyati raisi Farhod Akilov, Kursk davlat tibbiyot universiteti rektori Lazarenko Viktor (Rossiya) va boşqalar iştirokçilarga tabrik sözlari bilan murojaat etib, uşbu anjumanning oliygohlar örtasidagi özaro manfaatli xalqaro hamkorlikni kengaytirişdagi ahamiyatini ta’kidlab ötdilar va forum işiga muvaffaqiyat tiladilar.

Xalqaro konferensiyaning asosiy qismi 7 ta yalpi majlisda davom ettirilib, unda iştirokçilar «Endourologiya: urolitiaz va prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolaşdagi innovatsiyalar», «Laparoskopik urologiya: Özbekiston urologlarining yutuqlari va xorijiy tajriba» yönalişlari böyiça va «Urologiyada medikamentoz terapiya», «Onkourologiya», «Bolalar urologiyasi» mavzularida ma’ruzalar tingladilar, şuningdek, «Yoş urologlar» hamda yoş olimlar tanlovi bölib ötdi. Konferensiya davomida 80 dan ziyod urolog-amaliyotçi va yoş olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Konferensiya materiallari «Biomeditsina va amaliyot» xalqaro jurnalining maxsus sonida çop etildi.

Samarqand davlat tibbiyot universitetida ötkazilgan «Urologiyaning dolzarb masalalari: nazariya va amaliyot birligi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya urologiya fanini rivojlantirişga, yangi bilimlarni kundalik amaliyotga tatbiq etişga, iqtidorli yoş olimlarni ilmiy-tadqiqot işlariga jalb etişga hamda tibbiyot oliy öquv yurtlari va oliy öquv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarida urologiya fanini öqitiş sifatini yanada oşirişga, respublikada soğliqni saqlaş sohasini yanada takomillaştiriş va xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qilişi şubhasiz.