Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi maktablardan birida öquvçilar öqituvçini kaltaklaşgani aks etgan video tarqaldi.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan ma’lumot berib, öquvçi va öqituvçi örtasida yuzaga kelgan kelişmovçilik sabab öqituvçi öquvçini sinfdan çiqarib yuborgani, öquvçi esa sinfga qaytib kirib, öqituvçiga qöl kötarganini ma’lum qildi.
Videoda boşqa öquvçilar tomonlarni ajratgani, lekin ulardan biri sinfxonadan çiqib ketayotgan öqituvçiga gultuvak otganini köriş mumkin.
Viloyat xalq ta’limi boşqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, hodisa 19 sentabr kuni Kosonsoy tumani xalq ta’limi bölimiga qaraşli 29-sonli maktabda, fizika darsida sodir bölgan.
«Fizika fani öqituvçisi dars ötayotganda öquvçi öqituvçining dars ötişiga xalaqit bergan. Şunda öqituvçi öquvçini darsdan çiqarib, maktabning ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosariga suhbatlaşiş uçun topşirgan.
Biroz vaqt ötgandan söng öquvçi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi öqituvçiga taşlangan. Sinfdagi boşqa öquvçilar ularni ajratişga harakat qilgan», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan tuman IIB bölimi va tuman xalq ta’limi bölimi xodimlari maktabda örganiş olib borgan va tegişli tartibda öquvçining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Şuningdek, xalq ta’limi bölimi va maktab rahbarlariga öqituvçi va öquvçilar örtasida özaro hurmat va belgilangan tartib qoidalar asosida döstona munosabat örnatilişini ta’minlaş böyiça tegişli körsatmalar berilgan.












