Tarix, til, ildiz

Markaziy Osiyoning tört davlati — Turkmaniston, Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston qardoş turkiy davlatlar hisoblanadi. Tojikiston esa forsiy. Bu xalqlarning ildizi tabiiyki bir. Buyuk Turk xoqonligidan boşlangan mintaqa turkiylari tarixi deyarli XV-XVI asrgaça bölinmagan edi. XVI asrdan özbek va qozoq xalqlari millat sifatida şakllana boşladi. Turkmanlarda esa bu jarayon biroz oldinroq yuz berişni boşlagandi.

Şunday bölsa-da, mintaqa xalqlari Rossiya bosqiniga qadar töliq milliy birliklarga ajralmagandi. Hudud aholisi uruğlariga köra farqlangan. Uç qozoq juzi aholisi özlarini qozoqlar, uç özbek xonligi aholisi esa özlarini özbeklar deb bilgan. Ammo xonliklar tarkibidagi ba’zi uruğlar bir paytning özida ham özbek, ham qozoq (jaloyir, qipçoq, nayman) yoki ham özbek, ham turkman (bayot, qiniq) uruği bölgan. Ularni umumlaştiruvçi jihat turkiylik va musulmonlik edi. Markaziy Osiyo jadidlari ham milliy respublikalar emas, umumiy Turkiston davlati tuziş haqida öylagan.

1920 yildan keyin boşlangan mintaqa aholisini millatlarga ajratiş siyosati uruğlar va odamlarning ötroq yoki köçmançiligiga qarab olib borildi. Ötroq, şaharda yaşovçi uruğlar özbek va tojik, köçmançi, daştda yaşovçi qabilalar esa qozoq va qirğiz deb qabul qilindi. Özbeklar köçmançi, qirğizlar ötroq bölişi mumkin emas deb aytildi. Natijada yangi milliy davlatlar çegaralari etnik-milliy çegaralardan boşqaçaroq böldi.

Sovetlar hatto sart nomli millat şakllantiriş haqida ham taklif beradi, lekin fidoyi jadidlarning harakatlari evaziga bu iş amalga oşmaydi. Şuning öziyoq Markaziy Osiyoda milliy çegaralaş qançalik yuzaki olib borilganini körsatadi.

Yangi çegaralar sabab mintaqa yetakçilari orasida keskinlik paydo böldi. Bir millat öziniki deb da’vo qiluvçi hudud boşqasiga berildi va şu orqali ular bir-biriga duşman qilib qöyildi. Uşbu siyosat öz mevasini SSSR tarqalgandan keyin berişni boşladi.

Siyosiy çegaralar xalqlar uzoqlaşuviga ham olib keldi. Ismoil Ğaspirali taşabbusi bilan taşkil etilgan butunturkiy alifbo amalga kiritilmadi, buning örniga respublikalarda kirill alifbosi joriy qilindi.

Adabiy til şakllantirişda ham jadidlar taklif etgan umumiy qoidalar qabul qilinmadi va rus tilidan töğridan töğri köçiriş orqali til qoidalari şakllantirildi. Masalan, özbek tilidan cingarmonizm (unlilar moslaşuvi) hodisasi olib taşlandi (biroq şevalarda saqlanib qolgan). SSSR oliy hokimiyati mintaqa davlatlarini bir-biridan uzoqlaştiruvçi siyosatni davom ettirdi.