Soğliqni saqlaş vazirining “Xodimlarni tibbiy körikdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi buyruği loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan xodimlarni tibbiy körikdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom 3-ilovasini yangi tahrirda qabul qiliş belgilangan bölib, unga köra xodimlarni yilda ikki marta tibbiy körikdan ötkaziladigan soha xodimlari yilda bir marta tibbiy körikdan ötkazilişi, şu bilan birga, gonokokklarga tekşiruvdan ötkazilmasligi nazarda tutilmoqda.

Maktabgaça ta’lim taşkilotlari, umumta’lim maktablari va davolaş-profilaktika muassasalari (ovqat tayyorlaş, tarqatiş faoliyati bilan şuğullanadigan xodimlardan taşqari) dermatovenerolog va RWga tekşiriş körigidan işga kirişda, keyinçalik körsatmasi bölganda, içak infeksiyalarini va gelmintlarni aniqlaş uçun tahlillar epidemiologik körsatma bölgan taqdirda ötkazilişi belgilanmoqda.

Terapevtik yönalişidagi statsionarlar, ambulatoriya-poliklinika va tez tibbiy yordam muassasalari xodimlarini tibbiy körikdan ötkazişda stomatolog körigidan, gelmintlarni aniqlaş uçun tahlil va tiş holatini tekşiriş ötkazilmaydi. Uşbu soha xodimlar barçasi NBs-Ag, NVC va odam immunitet tanqisligi virusiga qon tekşiruvidan faqat teri va şilliq qavatlar buzilişi, qon va organizm boşqa biologik suyuqliklari bilan işlovçilar tekşiruvdan ötkazilişi nazarda tutilmoqda. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya muassasalari xodimlarga tibbiy körikdan ötiş böyiça talablar belgilanmoqda.

Tibbiy körikdan ötkaziş uçun zarur bölgan texnik bazasiga hamda ixtisoslik böyiça mutaxassislarga ega bölgan davolaş-profilaktika muassasasi tomonidan xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy körikdan ötkaziş belgilangan.