Loyiha Erta ötiş davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar jamğarmasi va Aksiyadorlar maxsus jamğarmasi tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.
Mablağlar Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi Sarimoy va Jonkeldi aholi yaşaş punktlari örtasida yangi elektr uzatiş liniyasini qurişga yönaltirilmoqda. Yangi liniya qurilayotgan, umumiy quvvati 1 Gvtli ikkita şamol elektr stansiyasini milliy tarmoq bilan boğlaydi.
Tarmoq şu tarzda kengayişi qayta tiklanadigan energiya manbalarining Özbekiston energetika tizimiga yanada integratsiyalaşuviga yordam beradi. Bu mavjud elektr uzatiş liniyalaridagi yuklamani muvozanatlaşga hamda mamlakat şimoliy va janubi-ğarbiy qismida elektr ta’minotidagi uzilişlar muammosini hal qilişga yordam beradi.
Loyiha elektr ta’minoti tizimi quvvatini yaxşilaydi va tarmoqdagi yöqotişlarni kamaytiradi. YeTTB birinçi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink ta’kidlaşiça: “Özbekiston nafaqat Markaziy Osiyodagi eng köp aholiga ega davlat, balki barqaror infratuzilmaviy yeçimlarga muhtoj bölgan mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotdir. Bizning Bankimiz bunday loyihalarni moliyalaştiriş orqali uşbu ösişni qöllab-quvvatlaşga tayyordir”.












