Vazirlar Mahkamasining «Emissiyaviy qimmatli qoğozlar çiqarilişini davlat röyxatidan ötkaziş, avval davlat röyxatidan ötkazilgan qimmatli qoğozlar çiqarilişiga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş, avval davlat röyxatidan ötkazilgan qimmatli qoğozlar çiqarilişini bekor qiliş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş ma’muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qimmatli qoğozlar çiqarilişini davlat röyxatidan ötkaziş, avval çiqarilgan qimmatli qoğozlar böyiça özgartiriş kiritiş va bekor qiliş tuman (şahar) davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali amalga oşiriladi.

Qimmatli qoğozlar çiqarilişini röyxatdan ötkaziş töğrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: aksiya (obligatsiya) çiqariş töğrisida qaror; emitent vakolatli boşqaruv organi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qoğozlar emissiyasi risolasi.        

Davlat xizmatlari markaziga qimmatli qoğozlar çiqarilişini davlat röyxatidan ötkaziş uçun murojaat qilinganda BHM 5 baravari, YaIDXP orqali murojaat qilinganda uşbu summa 90 foizi miqdorida yiğim tölanadi.

Röyxatdan ötgan qimmatli qoğozlar çiqarilişiga özgartiriş kiritiş va uni bekor qilişi böyiça davlat xizmati körsatilişi uçun yiğim undirilmaydi. Davlat röyxatidan ötkaziş yoki rad etiş haqida qaror Moliya vazirligi tomonidan 30 kun içida qabul qilinadi.