Samarqand viloyat sudlari tomonidan 2021 yil davomida 49 618 nafar şaxsga nisbatan körilgan ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarning 37 859 tasi tamomlangan. Şundan 6 506 nafar şaxs mast holda maşina boşqargan, yana 6 400 nafar şaxs mast holda maşina boşqarişda gumonlanganda tekşiruvlardan böyin tovlagan. Ular orasida davlat idoralarida işlovçi şaxslar va ayollar ham bor.

Jumladan, davlat idoralarida işlovçi 74 nafar şaxs mast holda avtomaşina boşqargan, yana şunçasi mastligi yoki mast emasligini aniqlaş uçun tekşiruvdan boş tortgan. 41 nafar xotin-qiz mast holda avtomaşina boşqargani uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilişiça, mast holda maşina boşqargan yoki mast holda maşina boşqarganlikda gumon qilinganda tekşiruvdan ötişdan boş tortgan davlat idorasi xodimlari orasida huquqni muhofaza qiluvçi yoki nazorat qiluvçi idoralarning mas’ul mansabdor şaxslari ham borligi ma’lum qilingan.