Qayd etilişiça, 2022 yilning 21 sentabrdan 5 oktyabrgaça Rossiya Federatsiyasidan kelgan 33 nafar fuqaro farzandlarini davlat maktablariga joylaştiriş uçun murojaat qilgan. Şundan tegişli hujjatlari taqdim etilgan 30 nafar bola Özbekistonning turli hududlaridagi davlat ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilingan.

Safarbarlikdan qoçib kelgan muhojirlarning qançasi öz farzandini xususiy maktablarga öqişga bergani ma’lum emas. XTV Kun.uz'ning bu haqdagi savolini oçiq qoldirdi.

Davlat maktablarida xorijiy davlat fuqarolarining öqişi qay tartibda taşkil etilişi bilan ham qiziqdik.

XTV mas’ullariga köra, bu 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli hukumat qaroriga asosan tartibga solinadi. Bu borada xalq ta’limi vazirining 2009 yil 6 iyuldagi 180-sonli buyruği ham qabul qilingan.

Amaldagi tartibga köra, xorijliklar farzandlarini davlat maktablariga öqişga qöyiş uçun ariza, örganilgan fanlar haqidagi hujjatlarning asl nusxalari, soğliği töğrisidagi tibbiy xulosa, pasport, ID-karta (vizasi bilan), tuğilganlik haqidagi guvohnoma, 4x6 sm hajmdagi 6 dona fotosurat taqdim etişadi. Hujjatlar maktab ma’muriyati qoşidagi qabul komissiyasiga topşiriladi.

Komissiya maktabda öqiş istagini bildirgan xorijiy fuqaroning hujjatlari va u bilan tuziladigan şartnoma loyihasini tuman (şahar) XTBga yuboradi, şundan keyin ular tomonidan hujjatlar jamlanib, Qoraqalpoğiston XTV, Toşkent şahar XTBB va viloyat XTBlariga yuboriladi. Bu taşkilotlar huzuridagi maxsus komissiyalar hujjatlarni 10 kun muddatda körib çiqadi.

Maxsus komissiya örganilgan hujjatlarga asoslanib, xorijiy fuqaroni maktabga qabul qiliş yoki qabul qilmaslik töğrisida qaror qabul qiladi. Bu qaror muhojir bilan şartnoma tuziş uçun asos böladi.

Maktab ma’muriyati xorijiy fuqaroni maktabga qabul qiliş yuzasidan öz buyruğini çiqaradi hamda xorijiy fuqaro va maktab örtasida öqiş böyiça şartnoma tuzadi.

Xorijiy davlat fuqarolari farzandlari Özbekistondagi davlat umumta’lim maktablarida bepul öqitiladi.