Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining majlisi doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşuv ötkazdi.

Markaziy Osiyoda köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş va mintaqaviy şeriklikni mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Prezidentlar oliy darajada erişilgan, eng avvalo, tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qişloq xöjaligi sohalarida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oşiriş borasidagi kelişuvlarni röyobga çiqariş zarurligini ta’kidladilar.

Şuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, şu jumladan ŞHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.