14 oktabr kuni Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva “Better Cotton Initiative” (BCI) nodavlat notijorat taşkiloti menejyeri Reyçel Bekket bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Özbekistonda majburiy mehnatga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilgan keng kölamli işlar natijasida özbek paxtasiga qöyilgan boykot bekor qilingani, bu işlab çiqarilgan mahsulotlarni jahon bozoriga çiqiş imkoniyatini yanada kengaytirgani alohida ta’kidlandi.

Foto: Senat axborot xizmati

Konstruktiv va amaliy jihatlarni qamrab olgan muloqot davomida Özbekiston va “Better Cotton Initiative” örtasida hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Özbekiston paxta klasterlariga xalqaro standartlarni joriy etiş, ularni tegişliça litsenziyalaştiriş hamda mahalliy töqimaçilik mahsulotlariga kuzatuvçanlik tizimini joriy etiş böyiça kelişuvga erişildi. Bundan taşqari, tomonlar BCI taşkilotining Toşkentdagi vakolatxonasini tez kunlarda ta’sis etişni kelişib oldilar.

Foto: Senat axborot xizmati

Ma’lumot örnida, BCI “paxta dalasidan sotuvgaça” bölgan butun işlab çiqariş jarayonini sertifikatlaş bilan şuğullanadi. Taşkilotning mingdan ortiq a’zosi bölib, ular qatoriga H&M, Gap, IKEA, Levi Strauss, Zara, Hugo Boss, Adidas, Puma kabi 80 dan ziyod dunyoning eng yirik brendlari kiradi.