Turkiya şimolida kamida 28 kişining hayotiga zomin bölgan yirik kon avariyasidan söng qutqaruvçilar omon qolgan önlab odamlarni qidirişda davom etmoqda. Yana 11 nafar konçi vayronalar ostidan xavfsiz olib çiqildi, ular kasalxonaga yotqizildi, deya xabar berdi Turkiya Soğliqni saqlaş vazirligi 15 oktyabr, şanba kuni ertalab. Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 50 ga yaqin konçi hamon bedarak yöqolgan deb hisoblanyapti.

«Biz qurbonlar soni endi köpaymaydi, konçilarimiz eson-omon qutqariladi, deb umid qilamiz, barça sa’y-harakatlarimiz şu yönalişda jamlangan», — deb yozdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan özining Twitter mikroblogida.

Qora dengiz sohilida joylaşgan Amasra şahridagi şaxtada qutqaruv işlari tunda ham olib borildi. Yöqolgan 49 nafar konçi 300-350 metr çuqurlikdagi ikkita ştolnya (gorizontal yoki qiyaroq kovlangan yer osti yöli)da vayronalar ostida qolib ketgan bölişi mumkin. Hozirgaça 70 dan ortiq qutqaruvçilar 250 metrgaça pastga tuşişga muvaffaq bölişdi, biroq ular oldinga siljiy oladimi yoki yöqmi, noma’lum. «Vaziyat haqiqatdan ham juda açinarli», dedi Turkiya energetika vaziri Fotih Dönmez.

Amasra şahri ma’muriyatiga köra, ular konçilarning deyarli yarmini evakuatsiya qilişga muvaffaq bölişgan. Işçilarning aksariyati özini yaxşi his qilmoqda, ammo oğir jarohat olganlar ham bor.

Amasradagi şaxtada keça keçqurun portlaş sodir böldi. Avvaliga portlaş transformatorning nosozligi tufayli yuz bergani ma’lum qilingan, biroq keyinroq rasmiylar şaxtada noma’lum sabablarga köra metan portlaganini aytişgan. Hozirda tergov davom etmoqda.