Ölmasjon oyoğidagi nuqson sabab maktabga bora olmadi. Tahsilni uyida oldi. Aynan baxtsiz hodisa sabab ota-onasi ajrab ketdi. U otasiz ulğaydi.

“1988 yil 27 dekabrda sandal töla çöğga tuşib ketib kuyiş natijasida ikki oyoğimning tizza qismiga şikast yetgan. Şifokorlar oyoğimni kesib taşlaşga majbur bölişgan. Öşa paytda çaqaloq bölganim uçun bölib ötgan mudhiş voqeani eslay olmayman. Ota-onamdan eşitganman. Vaqti kelib tengdoşlarim maktabga çiqişdi. Men esa ta’lim dargohiga bora olmadim. Öqituvçilar uyimizga kelib dars berib ketişar edi. Döstlarim qatori maktabga borib dars oliş uşalmas orzularimdan biri bölib qoldi.

18 yoşga tölganimda öqişga kirişga qaror qildim. Farğona şahridagi nogironlar kollejida tahsil oldim.

Otamni 19 yoşga kirganimda taniganman. Baxtsiz hodisadan kuyib oyoğimdan ajraganimdan keyin örtaga sovuqçilik tuşib, ota-onam ajraşib ketişgan. Otam Jizzax viloyati Döstlik tumanida istiqomat qilgan. 19 yoşga tölganimda, oyoğimga protez kiyişni boşlaganimda otamni topdim. U bilan uçraşganmiz. Oxiratlari obod bölsin. 2018 yilda otam vafot etdi. Yaratgan menga ikki öğil berdi”­, – deydi u.   

Tasalli...

Har kuni tizimli reja asosida işlayman. Asalariçilik asosan mart oyidan boşlanadi. Ungaça zerikib qolmaslik uçun issiqxonaga bodring ekib parvarişlayman. Tomorqa yerini ağdaraman. Skuterimda qöşnilarning yumuşini qilib beraman.

Nogironlik bilan esimni tanidim. Tabiiy oyoqda yurib “mazza” qilmadim. Yaratganga şukr, şunday bölsa-da, holatim özimga ma’qul keladi. Aynan nogironligim, oyoğim yöqligi uçun armon qilmayman. Çunki bu arziydigan narsa emas.

Yoşi katta bir inson nasihat qilgan edi. Sen oyoğing bilan emas ong, aql-idroking bilan yaşaysan, deb. Agar şunday bölsa qöli, oyoği yöq yoki közi ojiz kimsa bu dunyoda bölmas edi. Tuşkunlikka tuşganimda şu insonning gapi tasalli beradi. Vaziyatdan çiqib ketiş uçun kitoblar öqişga harakat qilaman.