“Özgidromet” xabariga köra, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kun davomida, Farğona vodiysi viloyatlarida esa keçga tomon ba’zi joylarda biroz yomğir yoğadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Şimolda va çöl hududlarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 20-25 daraja issiqdan oşmaydi.
Ertaga Turkmanistondan bulutlarning keyingi qismi kirib kelişida janubiy markaziy va şarqiy tumanlarda yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublika barça hududlari böyiça şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi kutilmoqda. Havo harorati keçasi 5-10 darajagaça pasayadi, kunduzi 15-20 daraja iliq böladi.
Çorşanba kuni respublikaning katta qismida yomğir yoğadi, toğli hududlarning ba’zi joylarida kuçli böladi, baland toğlarda yomğir qorga aylanişi mumkin. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçasi 5-8 darajagaça iliq, şimolda ba’zi joylarda 0-2 darajagaça sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliqqaça pasayadi.
Payşanba va juma kunlari Özbekistonda yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi. Keçalari havo harorati minimal darajaga yetadi va 3-5 daraja iliq atrofida böladi, quyoş nurlari isitişi natijasida kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqaça kötariladi.












