17 oktabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida 2022 yilning ötgan 9 oyi davomida ötkazilgan kompleks audit tadbirlari natijasida 609 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarning oldi olinişiga erişilgani ma’lum qilindi. Qayd etilişiça, tizimdagi ta’lim muassasalarida ötkazilgan 619 ta nazorat tadbirlarida 64,8 mlrd sömlik moliyaviy qonunbuziliş (şundan, 12,1 mlrd sömlik özlaştiriş) holatlari aniqlangan.

Jumladan, ta’lim muassasalarda aslida işlamaydigan xodimlarga iş haqi hisoblab yoziş va işlovçi xodimlarning oylik maoşlariga qöşib yoziş yöli bilan Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida 836,5 mln söm, Dehqonobod tumanida 243,8 mln söm, Koson tumanida 233,2 mln söm, Mirişkor tumanida 111,1 mln söm mablağ talon-toroj qilingani oçiqlandi.

Aniqlangan holatlarga huquqiy baho beriş va qonuniy çora köriş maqsadida tarkibida jinoyat alomatlari bölgan 64,7 mlrd sömlik örganiş materiallari vakolatli organlarga taqdim etilgan.

Hisobot davrida moliyaviy qonunbuzilişlarga yöl qöyilganligi uçun tizimdagi 285 nafar mas’ul şaxs intizomiy jazoga tortilgan. Çunonçi, 201 nafar mas’ul xodimga nisbatan hayfsan e’lon qilingan bölsa,

61 nafari jarimaga tortilgan, 23 nafar mas’ul xodim esa lavozimidan ozod etilgan.

Bundan taşqari, vazirlik tomonidan joriy yil 1-10 oktyabr kunlari fuqarolar iştirokidagi audit tizimida nazorat obektlarini tanlaş jarayoni ötkazildi. Natijalarga köra, Davlat audit tizimida