18 oktabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati örtasida mahkumlarni topşiriş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun loyihasi körib çiqilib, 3 öqişda qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Loyiha yuzasidan ma’lumot bergan Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşevga köra, bitim Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning 2022 yil mart oyida Özbekistonga taşrifi davomida imzolangan. Bitimni tasdiqlaşga doir qonun loyihasi Özbekiston xavfsizlik kengaşi boş kotibi tomonidan 2022 yil 18 mayida tasdiqlangan Özbekiston va Turkiya örtasida xavfsizlik, harbiy va harbiy texnologik hamkorlikni rivojlantiriş amaliy tadbirlar rejasiga muvofiq işlab çiqilgan.
«24 moddadan iborat uşbu bitimda hukm çiqargan ahdlaşuvçi davlat hududida jazo ötayotgan va boşqa ahdlaşuvçi davlatning fuqarolari bölgan mahkumlarni hukm ijro etiladigan davlatga ötkaziş tartibi bayon etilgan.
Xususan, mahkum – hukm çiqarilgan tomon hududidan hukm ijro etiladigan tomon hududiga jazoni (töliq) yoki uning qolgan qismini ötaş uçun ötkazilişi mumkin. Mahkumga tayinlangan jazo hukm çiqarilgan tomon sudining hukmi asosida ötaladi.
Mahkum topşirilganidan söng barça xarajatlar hukm ijro etiladigan taraf tomonidan qoplanadi. Bitimga muvofiq, topşiriş böyiça iltimosnomalar va boşqa masalalarda Boş prokuratura Özbekiston tomonidan markaziy organ hisoblanadi», - deya Erkin Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, mahkumlar jazoni öz davlatida ötaşi, yaqinlari bilan doimiy körişib turişi uning jamiyatga qaytişiga ijobiy ta’sir qiladi.
Majlisda deputat Doniyor Ğaniyev bitimda közda tutilgan xarajatlar qaysi manbalar hisobidan qoplanişi borasida söradi. Spiker Nuriddin Ismoilov bu kabi vazifalar uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlardan biriga mablağ ajratilganini aytib, masalani yopdi.
Deputatlar qonun loyihasini körib çiqişning 2- va 3-bosqiçlarini istisno qilib, biratöla 3 öqişda qabul qildi. Endi mazkur qonun parlament yuqori palatasi – Senat tomonidan ma’qullanib, prezident tomonidan imzolangaç kuçga kiradi.











