Muhtaram vatandoşlar!
Avvalo, Siz, azizlarni bugungi qutluğ ayyom – Özbek tili bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Inson uçun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qançalik aziz va mukarram bölsa, uning özligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham şunçalik qadrli va mötabardir.
Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koşğariyning: “Erdam boşi tildur”, ya’ni “Barça ezguliklar tildan boşlanur”, degan sözlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror möjizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.
Xalqimiz tafakkurining tiniq közgusi bölgan bu bebaho xazinani asrab-avaylaş va rivojlantiriş bugungi kundagi eng şarafli vazifalarimizdan biridir.
Uluğ mutafakkir Mir Alişer Navoiy bobomizning: “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono ögitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini uluğlaşga qaratilgan tub islohotlarimizga har tomonlama uyğun va hamohangdir.
Sönggi yillarda mamlakatimizda özbek tilini rivojlantiriş, uning hayotimizdagi örni va ta’sirini oşiriş borasida yangi bosqiç boşlandi, desak, ayni haqiqat böladi.
Xususan, 21 oktabr – Özbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirişga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Uşbu yönalişda 2020-2030 yillarga möljallangan konsepsiya va alohida dastur hayotga joriy etilmoqda.
Bu haqda gapirganda, yaqinda qabul qilingan tegişli qonunlarga asosan reklama va tarğibot materiallarini davlat tilida e’lon qiliş tartiblari hamda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilişda özbek tilini biliş darajasi böyiça aniq talablar belgilanganini ta’kidlaş lozim.
Vazirlar Mahkamasi tarkibida Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantiriş masalalari departamentining faoliyati yölga qöyildi. Markazda va joylarda davlat tilini örgatiş kurslari iş olib bormoqda.
Qisqa vaqt içida beş jildlik “Özbek tilining izohli luğati”, öndan ortiq sohaga oid atamalar luğatlari, öttiz jildlik “Istiqlol davri özbek navoiyşunosligi” tadqiqotlar majmuasi yaratildi.
Şu kunlarda ona tilimizda “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli yuz jildlik muhtaşam töplam naşrdan çiqayotgani, faol va iste’dodli yoşlarimizning sa’y-harakatlari bilan internet tarmoğidagi özbekça ma’lumotlar elektron bazasi boyitib borilayotgani quvonarli hol, albatta.












