Termiz şahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, hokimning sobiq birinçi örinbosari Ğayrat Elamanov, hokimning quriliş böyiça sobiq örinbosari Şuhrat Rahmonqulov, şahar arxitektori, «Yaşil dunyo» savdo majmuasi loyihaçisi, rahbari va quruvçisi hibsga olingan.

Gazeta.uz'ning aniqlaşiça, bu mansabdorlar “Yaşil dunyo” savdo majmuasi qurilişi davomida milliardlarni özlaştirganlikda gumonlanyapti. Ular Termiz şahrida joylaşgan 9-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

ÖzA'ning yozişiça, mazkur şaxslar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi, 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi «a» bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarda gumonlanmoqda.

Gazeta.uz qaysi mansabdor qanday moddalar bilan ayblanayotganiga birma-bir töxtalgan.

Çunonçi, sobiq hokim Isroil Xudoyberdiyev Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi); Termiz şahar hokimining birinçi örinbosari Ğayrat Elamanov JK 167-moddasining «a» bandi bilan (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan ayblanmoqda. Bundan taşqari, Gazeta.uz 2017–2018-yillarda hokimning quriliş böyiça örinbosari sifatida işlagan Şuhrat Rahmonqulov ham qamoqqa olingan va jinoyat işiga jalb qilinganini ma’lum qilgan.

Milliy axborot agentligiga köra jinoyat işi Boş prokuratura tomonidan qözğatilgan. Gazeta.uz esa tergov harakatlari Boş prokuraturaning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan olib borilayotgani haqida yozgan.

Biroq Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov uşbu keys böyiça ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Şamsuddinov, şuningdek, Boş prokuraturaga havola berib xabar tarqatgan ÖzA bu ma’lumotni kimdan olganidan bexabar ekanini aytib, buni agentlikning özidan söraşni tavsiya qildi.

Termiz şahrining sobiq hokimi va boşqalar hibsga olinganini Gazeta.uz muxbiriga tasdiqlagan Surxondaryo viloyat prokuraturasi matbuot kotibi Alişer Bobomurodov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda uşbu jinoyat işi böyiça heç qanday ma’lumotga ega emasligi, heç qaysi internet naşr yoki jurnalist mazkur masalada u bilan boğlanmagani, heç kimga bu böyiça izoh bermaganini ta’kidladi. Biroq Gazeta.uz muxbiri Abror Qurbonmurotov buning aksini aytmoqda. Qurbonmurotovga köra, Bobomurodov jinoyat işi oçilganini tasdiqlagan, biroq tergov siri bölgani sababli gumondorlar qaysi moddalar asosida hibsga olinganini oçiqlay olmasligini aytgan.