“Ijtimoiy ahvoli va turmuş şaroiti oğir oilalar muammolarini hal etiş hamda aholini tadbirkorlikka jalb qiliş tizimlarini takomillaştiriş munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ehtiyojmand fuqarolarni “Temir daftar”ga kiriş yuzasidan kelib tuşgan murojaatlarni körib çiqiş tizimini takomillaştiriş va tadbirkorlik sub’yekti ― jismoniy şaxs faoliyati davomiyligini ta’minlaş maqsad qilingan.
Hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritiladi:
2022 yil 1 dekabrdan fuqarolar tomonidan “Temir daftar”ga kiriş yuzasidan tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimi yordamçisiga elektron murojaat qiliş tizimini yölga qöyiş;
2023 yil 1 yanvardan Davlat xizmatlari markazi tomonidan tadbirkorlik sub’yekti ― jismoniy şaxs tomonidan faoliyatini töxtatiş uçun kelib tuşgan arizani ma’lumot uçun tegişliligi böyiça hokim yordamçisiga elektron xabarnoma yuboriş tizimini yölga qöyiş.
Qaror bajarilişini nazorat qiliş boş vazir moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov zimmasiga yuklanadi.











