“Oziq-ovqat sanoatida palma yoğidan foydalanişni tartibga soliş va aholini sifatsiz ösimlik moylarini iste’mol qilişdan himoya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati:

Özbekistonga olib kirilayotgan palma yoğiga hamda tarkibida palma yoği va yoğ kislotalari trans izomerlari mavjud bölgan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylaştiriş davomida sinov laboratoriyalarida palma moyi va uning fraksiyalarini amaldagi texnik reglament va standartlarga asosan sinovdan ötkazişni yölga qöyadi;

laboratoriyalarni palma yoği va uning fraksiyalarini amaldagi texnik reglament va standartlarga asosan sinovdan ötkaziş uçun zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlaş, tekşiriş usullarini joriy qiliş va akkreditatsiya doirasini kengaytiriş çoralarini köradi.

Davlat bojxona qömitasi, Davlat soliq qömitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati respublikaga olib kiriladigan, realizatsiya qilinadigan palma yoği ustidan belgilangan tartibda samarali nazoratni yölga qöyadi.

Davlat soliq qömitasi palma yoği va uning fraksiyalarini identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalaş talabi joriy qilinadigan mahsulotlar röyxatiga kiritiş hamda majburiy markirovkalaş tizimini samarali joriy qiliş böyiça taklif kiritadi.

2022-2023 yillar davomida Soğliqni saqlaş vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar quyidagilar böyiça ilmiy loyihalarni tanlovlar asosida şakllantiradi:

  • palma yoğining oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga ta’sirini örganiş;
  • nosoğlom ovqatlaniş tufayli yuzaga keladigan yuqumli bölmagan kasalliklar oldini oliş;
  • tarkibida palma yoği va yoğ kislotalari trans izomerlari mavjud bölgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilişning ruxsat etilgan me’yorlarini belgilaş;
  • profilaktik xususiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalarini işlab çiqiş.