Kun.uz muxbiri 22 oktyabr kuni soat 4:55 da Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanining Malik qişloğiga yaqin harbiy ombordagi portlaşdan atrofdagi aholiga qançalik zarar yetgani böyiça örganiş olib bordi.
Portlaş katta radiusda aholi xonadonlari, ijtimoiy va xususiy bino obektlariga jiddiy zarar yetkazgan. Sirdaryo viloyati hokimligining sönggi hisob-kitoblariga köra, 3742 ta turar va noturar joylarning tomi, şifti, deraza va eşik romlariga qisman talafot yetgani aniqlandi.
Malik qişloğida yaşovçi Abduqayum Toşpölatov portlaş bölgan joydan 1,5 km masofada yaşaydi. Erta tongda namozga turgan Abduqayum Toşpölatov avvaliga transformator punkti portladi deb öylagan. Portlaş kuçi kattaligini körib, boşqaçaroq vaziyat ekanini payqagan. Uning uyidagi şiftning bir qismi qulab tuşgan.
Darvozaxonasidagi şiftning kattagina qismi qulab tuşgan Rustam Orziqulov portlaş tovuşi ovozidan uyğonib ketib, nabiralari yotgan uy tomon yugurgan.
«Köçaga çiqqanimda atrof çang-tözon. Osmon qip-qizil bölib turardi», — deydi u.
Zamira Haydarova esa avvaliga yer qimirlayapti deb öylagan. Uning sözlariga köra, portlaşdan söng mahalla ahli köçaga çiqib olgan. Mahalladagi köplab xonadonlarga zarar yetgan. Asosan oynalar singan.
Sirdaryo tuman tibbiyot birlaşmasi boş şifokori San’at Qodirovning aytişiça, şifokorlar 16 kişiga tibbiy xizmat körsatişgan. Ulardan ikki nafari qörqiş holati bilan murojaat qilgan. 5 nafar fuqaro viloyat şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yuborilgan. Qolganlari esa yengil turdagi kesiliş jarohatlari bilan muolaja qilingan.
Mudofaa vaziri matbuot kotibi Otabek Yöldoşev portlaşdan zarar körgan xonadonlardagi zarar miqdori örganilayotgani va uni qoplaş işlari boşlanganini ma’lum qildi. Matbuot kotibi aholi va harbiylar örtasida jiddiy jarohat olganlar yöqligini ta’kidlagan.











